So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

O'zi bilan "dam solingan" suvini olib yuradigan murabbiy haqida birinchi maqola Yangiliklar

O'zi bilan "dam solingan" suvini olib yuradigan murabbiy haqida birinchi maqola

Teglar :  Jovanni Trapattoni
Quyida kelasi yil 80 yoshni qarshi oladigan italiyalik murabbiy Jovanni Trapattoni haqida hikoya qilamiz.

1998 yil, 10 mart. Ikki kun oldin Jovanni Trapattoni boshchiligidagi "Bavariya" "SHalke"dan 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Bu Myunxen klubining chempionatdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyati edi. Jamoa chempionlik poygasidan chetga chiqqan, chunki "Kayzerslautern" deyarli yo'qotishlarsiz ketayotgandi.

SHunday qilib "Bavariya"ning qatorasiga uchta mag'lubiyatidan so'ng maxsus matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jamoa bosh murabbiyi Trapattoni mashg'ulot formasini kiyib kelgan. Trapattoni asosan Mehmet SHoll bilan Mario Baslerni zaxirada qoldirgani uchun tanqidlar ostida qolgandi. Italiyalik murabbiy matbuot anjumanida nemis tilida gapirdi. Garchi boshqa tilda ravon gapirmagan bo'lsa-da, zalda yig'ilgan OAV xodimlari uning nima demoqchi ekanini tushunib turishardi.

Trapattoni shunday degan: "Jamoada shunday holatlar bo'ladiki, bazi futbolchilar professional ekanliklarini unutib qo'yishadi. Hujumda "Bavariya"ga o'xshab o'ynaydigan boshqa nemis jamoasi yo'q. O'tgan o'yinda bizda uch nafar hujumchi o'ynadi: Elber, Yanker va Cikler. Ceklerni esdan chiqarmang, u gol urish bo'yicha SHoll va Baslerdan kuchli. Gaplarimni tushunyapsizlarmi? Menda mashg'ulot uchun ikki kun bo'ldi. Murabbiy ahmoq emas. Murabbiy maydonda nima bo'layotganini ko'rishi kerak. Ammo maydondagi ikki yo uch futbolchi juda yomon harakat qildi, ularning bo'sh shishadan farqi qolmadi".

"CHorshanba kuni qaysi jamoa o'ynadi? SHoll yoki Basler o'ynadimi? Trapattoni o'ynadimi? Bu futbolchilar maydonga tushsa ham nolishadi. Bilasizmi, nima uchun Italiya klublari bu futbolchilarni sotib olmaydi? CHunki ular ko'pincha yomon harakat qilishadi. SHtrunc mana ikki yildirki maydonga tushmayapti. CHunki u qachon qaramang jarohatda. O'tgan mavsum biz Xamann va Nerlinger bilan chempion bo'lgandik. Biz shanba kuni o'z muxlislarimiz qarshisida yutishimiz shart edi. Men har doim SHoll bilan Basler tomonida bo'lib kelganman. Lekin SHtrunc haqida gapirmayman, chunki u 25 foiz o'ynayapti. Bo'pti, men tugatdim".


Atigi 3 daqiqa davom etgan matbuot anjumani tezda rosa shov-shuv bo'ladi. Jurnalistlar savol berishga ulgurmaydi. Murabbiy ichidagilarni gapirib zaldan chiqib ketadi. Oradan ko'p o'tmay Trapattonining matbuot anjumanida aytgan "bo'sh shisha", "bo'pti, men tugatdim" kabi gaplari jurnalistlar uchun o'ziga xos iqtibosga aylanadi.

Lekin umuman olganda, italiyalik murabbiy jamoaga unchalik foyda keltirmayotgan mana shu ikki futbolchini zaxirada qoldirib to'g'ri qilgandi. Murabbiy har doim jamoa imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qilgan. Buning uchun esa o'zi maqul bilgan har qanday qarorni qabul qilavergan. Aksar italiyalik murabbiylarda bo'lgani kabi Jovanni Trapattoni uchun ham yulduzlar katta ahamiyat kasb etmagan, u qaytanga mehnatkash futbolchilarni qadrlagan. Aynan mana shu xislati unga to'rt mamlakatda jami 10ta chempionlikni taqdim etdi. Bu o'rinda CHempionlar Kubogi va UEFA Kubogini aytmay turamiz. Trapattoni 40 yil davom etgan murabbiylik faoliyatida futbolga ko'p narsa berdi.

Lekin 2002 yilgi jahon chempionati murabbiy uchun muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Italiya o'shanda Janubiy Koreyadan mag'lub bo'lib musobaqani tark etgandi. Oradan ikki yil o'tib italyanlar Evro-2004da hatto guruhdan chiqa olishmaydi. O'shanda Trapattoniga hatto doim o'zi bilan olib yuradigan "dam solingan suv" ham yordam bermagan. Keyinchalik murabbiy suv solingan idishini "Benfika"ga olib ketadi.

Trapattoni 2008 yildan 2013 yilgacha Irlandiya terma jamoasini boshqargan. Avvaliga irlandiyaliklar tajribali mutaxassisni xuddi qahramondek kutib olishgandi. Ammo vaqt o'tib muxlislarning ko'ngli soviy boshlaydi va natijada murabbiy jamoani tark etadi. Trapattoni futbolchilik paytidayoq o'zining intizomi bilan jamoadoshlari etiborini tortgan. U o'yinni juda yaxshi o'qiy olar, shu bois "Milan"da 12 yil to'p surishga muvaffaq bo'lgan. Bu orada u ikki bor Italiya chempioni bo'ldi, shuningdek bir marta CHempionlar Kubogida zafar quchdi. Ayniqsa, 1963 yil bo'lib o'tgan "Benfika"ga qarshi CHempionlar Kubogi finalida Trapattoni butun o'yin davomida shaxsan Eysebioni qo'riqlab unga umuman imkon bermagan.

U futbolchilik faoliyatini tugatgach uch yil davomida o'zi uchun qadrli bo'lib qolgan "Milan"da murabbiylik bilan shug'ullandi. Keyinchalik 1976 yil "Yuventus"ga borib o'n yil shu jamoani boshqardi. O'shanda "Yuve"ning hech omadi kelmasdi. Evropa chempionlar Kubogidan bu jamoani "Borussiya M" chiqarib yuborgan, Skudetto uchun kurashda esa "Torino"ga imkoniyat boy berilgandi. Ammo Trapattoni kelishi bilan vaziyat ijobiy tarafga o'zgara boshlaydi. Murabbiy mashg'ulotlar chog'ida gol urishning xilma xil usullarini futbolchilarga o'rgatadi. U futbolchilardan o'yin payti kutilmagan qarorlarni qabul qilishni talab qilishga o'tdi.

Natijada "Yuventus" tez orada yana sovrinlarni yutishga kirishadi. Trapattoni kelgan yili birinchi mavsumdayoq chempionlik qo'lga kiritildi. Jamoa shuningdek, UEFA Kubogida zafar quchdi. Murabbiy har bir futbolchiga nima qilish kerakligini o'rgatishdan charchamasdi. U ayniqsa Platiniga nihoyatda ishonardi. Trapattoni avvalo taktikani birinchi o'ringa qo'ygan. Uning fikricha, maydonga chiqqan hech bir futbolchi o'zicha o'ynamasligi kerak. 

U jamoani ikki xil o'ynashga o'rgatadi: to'p bilan va to'psiz. Buning uchun futbolchilarning mudom fikrni bir joyga jamlashlariga to'g'ri kelardi. Mishel Platini uch marta aynan ushbu murabbiy qo'l ostida "Oltin to'p" sohibi bo'lganini hozir ko'pchilik bilmasa kerak. O'shanda murabbiy unga maydonda to'liq erkinlik bergandi. Bu haqda Platini shunday eslaydi: "Esimda, Trapattoni menga maydonda nimani xohlasang shuni qil, sen erkin qushsan degandi. Men futbolda nimaga erishgan bo'lsam, buning zamirida albatta Jovanni Trapattonining mehnatlari yotadi".

Davomini ertaga kuting...

Ruschadan X.Xoliqov tarjimasi

Futbolchi Trapattoni "Milan"dagi ustozi Jipo Viani bilan

Trapattoni va Platini

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика