Trapattoni: "Oltin to'p"ni menga Zoffni eslatib yuboruvchi Noyerga bergan bo'lardim"
Aslanov Jasurbek
4 dek 2014, 13:18
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni "Oltin to'p"ni "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer olishiga qarshi emasligini ta'kidladi.
"Noyer - mag'lub bo'lmaydigan darvozabon va menga bunday futbolchilar yoqadi. U hujumchi bo'lib ham o'ynay oladi. Noyer menga Dino Zoffni eslatib yuboradi. "Oltin to'p"ni unga bergan bo'lardim" - deydi Trapattoni.