So’nggi yangiliklar

10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  1 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пеналти ва четлатиш. "Алё, рэф!" Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги ҳакамларнинг қарорларини таҳлил қилди  8 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  11 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  3 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  7 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  12 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  13 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  3 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3

O'zFHM "Alyo, ref!"ga qarshi: hakamlar Superliganing 14-turidagi uchta o'yinda nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Yangiliklar

O'zFHM "Alyo, ref!"ga qarshi: hakamlar Superliganing 14-turidagi uchta o'yinda nechta xatoga yo'l qo'yishdi?

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 14-turining uchta o'yinidagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

Bungacha O'zFHM bu borada o'z xulosasini chop etgandi.


✅ "Andijan" - OKMK VIDEO

Jarima maydonchasida ehtiyotsizlik sabab klassik fol. Penalti belgilash to'g'ri qaror. "Andijon" o'yinchisi raqibni aldab o'tmoqda va to'pga egalik qilmoqda. OKMK himoyachisi orqadan harakati uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. U yakka kurashga kirishmoqda, shundan so'ng kontakt yuzaga kelmoqda. "Andijon" o'yinchisining fol uchun o'zini qo'ymaganini qayd etish muhim, u to'pni nazorat qilmoqda.

✅ O'zFHM: penalti to'g'ri belgilandi.


✅ "Andijon" - OKMK VIDEO

VAR va ekspert-hakamlik komissiya fikriga qo'shilaman. Stadiondagi kameralardan to'p OKMK himoyachisining qo'liga tekkan deb aniq aytib bo'lmaydi. Agar xato qilinganiga isbot bo'lmasa, VAR'ning vaziyatga aralashishga haqqi yo'q. Hakam yaqin turibdi, vaziyat uning uchun "ochiq". Harakatga qaraydigan bo'lsak, to'p ko'krakka tekkanga o'xshaydi. Bu penalti emas.

✅ O'zFHM: penalti belgilanmay to'g'ri qilindi.


✅ "Metallurg" - "Lokomotiv" VIDEO

Bu vaziyatda qizil kartochka uchun sabablar sariqdan ko'ra ko'proq: folning yuqori intensivligi, fol qayd etayotgan tishlari bilan raqibga to'g'ri kelmoqda (yana butun tayanchga). SHuningdek, "Metallurg" himoyachisi oyoqning himoyalanmagan qismiga, to'piqning yuqori qismga tushmoqda. SHuningdek, bir narsa muhim: himoyachi tanasining og'irligini fol qayd etgan oyog'iga yuklamoqda. Uning o'ng oyog'i tayanch vazifasini bajarmoqda. U shuningdek raqibning tayanch oyog'iga zarba bermoqda va bu jarohat berish xavfini oshiradi. Bu sabablar VAR'ning aralashuvi va futbolchining chetlatilishiga etarli.

✅ O'zFHM: qizil kartochka ko'rsatilib to'g'ri qilindi.


❌ "Metallurg" - "Lokomotiv" VIDEO

VAR'ning vaziyatga tushunarsiz aralashuvi: hakam tomonidan yaqqol xatoning va penalti belgilash uchun sababning yo'qligi. Odatiy yuqoridagi yakka kurash. Ha, kontaktli, ammo futbol kontaktli sport turi. Har bir kontakt penalti hisoblanmaydi. Vaziyat bo'yicha EHKning fikriga qo'shilaman: "Metallurg" foydasiga penalti xato belgilandi.

❌ O'zFHM: penalti xato belgilandi. VAR xato aralashdi.


❓ "Metallurg" - "Lokomotiv" VIDEO

Hakamning qarori tushunarli, ammo yaqqol emas. Ha, "Metallurg" himoyachisi to'pga o'ynashga uringan holda raqibning orqasiga sakramoqda. Ammo, hujumchi ham bu folga belini tutib bermoqda – hakamlar aytganidek, o'yinchi ostiga "moslashmoqda". Bu vaziyatda mudofaa foydasiga fol berish osonroq edi va biz hozirda buni ko'rib chiqmayotgan bo'lardik. Vaziyatni yopish uchun osonroq yo'l turganida hakamning boshqacha qaror chiqarishi g'alati. Ha, umuman olganda hakamni qo'llab-quvvatlash mumkin. Ammo, mudofaa foydasiga fol — optimalroq qaror, sababi "Loko" hujumchisi deyarli to'p uchun kurashni rad etmoqda va raqibga o'zini tutib bermoqda. Bularning barchasini hisobga olsak, "Lokomotiv" foydasiga penalti savollar uyg'otmoqda.

✅ O'zFHM: penalti to'g'ri belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика