So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  0 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  11 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari hisobot topshirishdi Yangiliklar

O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari hisobot topshirishdi

Teglar :  O'zbekistonO'FA
Bugun O'zbekiston futbol Associaciyasida terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'FA va PFL rahbariyati hamda O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirok etishdi.
Yaqinda Indoneziyada bo'lib o'tgan Xalqaro musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov safar bo'yicha hisobot berib o'tdi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston OTJ Indoneziyadagi Xalqaro musobaqada ishtirok etib, KXDR, Bahrayn va Indoneziya terma jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazdi. Barcha uchrashuvlarda durang qayd etgan vakillarimiz musobaqada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Ravshan Haydarov Indoneziyadagi musobaqa terma jamoa uchun juda foydali bo'lganini takidlab, mana shunday musobaqalarda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratib bergan O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Jumladan, musobaqada ishtirok etgan yosh futbolchilar katta tajriba to'plashgani, bu esa rasmiy musobaqalarda juda foydali bo'lishini takidladi.

SHuningdek, yozda Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari oldidan mazkur xalqaro o'yin o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tagani ham aytildi. Murabbiy va futbolchilar Indoneziyadagi muhit, iqlim, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, Osiyo o'yinlariga kelish oldidan ahamiyat qaratish zarur bo'lgan jihatlar haqida malumot to'plab olishdi.

SHundan keyin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov Toshkentda o'tgan yig'in haqida o'z hisobotini taqdim etdi. Yig'in davomida jami 26 nafar terma jamoaga nomzod futbolchilar sinovdan o'tgani, ularning jismoniy va funkcional tayyorgarliklarini tekshirilgani haqida fikr bildirdi. Yig'in doirasida o'tkazilgan ikkita nazorat uchrashuvi orqali esa futbolchilarning maydondagi holatiga baho berilgani takidlandi.

SHu bilan birga O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Timur Kapadze ham yig'ilishda milliy terma jamoaning Osiyo Kubogi–2019 musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni haqida hisobot berib o'tdi. Jumladan, tayyorgarlik doirasida 19 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi safarda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi, bu o'yinga boradigan futbolchilar ro'yxati shakllantirilayotgani haqida aytib o'tdi.

Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinida Superliga jamoalarida to'p suruvchi milliy terma jamoaga nomzod yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazish bosh maqsad ekanligi ham takidlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика