O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Xitoyga boradi
17 avg 2023 11:56
Yangiliklar
O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Xitoyga boradi
2024 yil yanvar oyida Qatarda Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasining guruhdoshi Suriya terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida Xitoyda yig'in o'tkazadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi Suriya 6 sentyabr kuni Malayziya, 12 sentyabr kuni mezbon Xitoyga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham CHengdu shahrida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Osiyo kubogi 1-turida aynan Suriya bilan to'qnash keladi. O'yin 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar