O'zbekistonning OK-2015 guruh bosqichidagi raqibi oktyabrda Iroq bilan o'ynaydi
15 iyu 2014 12:15
Yangiliklar
O'zbekistonning OK-2015 guruh bosqichidagi raqibi oktyabrda Iroq bilan o'ynaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 guruh bosqichidagi raqibi - Xitoy terma jamoasi 15 oktyabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu xaqda FIFA rasmiy sayti elon qildi.
Takidlash joiz, Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy terma jamoasi oktyabr oyida Tailand terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan edi, ammo Tailandga qarshi uchrashuv noamalum sabablarga ko'ra qoldirildi va Tailanda o'rniga Iroq terma jamoasi oktyabrda Xitoyga raqib bo'ladi. Malumot uchun, Iroq terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin Alen Perren shogirdlari 4 va 9 sentyabr kunlari Pekinda Kuvayt va Iordaniya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bundan avvalroq, Xitoy milliy terma jamoasi iyun oyida o'z maydonida uchta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgani haqida xabar bergan edik.
Takidlash joiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan va bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgust kuni Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari esa 3 va 8 sentyabr kunlariga belgilangan. Dastlab, 3 sentyabr kuni Iordaniya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'lsa, 8 sentyabr kuni Toshkentda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkaziladi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari oktyabr oyida ham uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. 10 va 14 oktyabr kunlari esa Bahrayin va BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi. So'nggi ikki o'yin BAAning Dubay shahrida o'tkazilishi tasdiqlangan.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 guruh bosqichida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar