So’nggi yangiliklar

15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  0 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  8 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  2 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  1 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  8 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  32 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  5 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  17 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  16

O'zbekistonning kechagi uchrashuvdagi muammosi nimada? Emil Bekmuxamedovdan O'zbekiston g'alabasining raqamlar va statistika orqali tahlili Yangiliklar

O'zbekistonning kechagi uchrashuvdagi muammosi nimada? Emil Bekmuxamedovdan O'zbekiston g'alabasining raqamlar va statistika orqali tahlili

O'zbekiston terma jamoasining kechagi g'alabasi muxlislarni xursand qildi va barchaning kayfiyatini ko'tardi, lekin yakuniy hisob adolatli bo'ldimi?

Uchrashuvdan so'ng raqamlar va statistikaga qaraganimdan so'ng, o'yin natijasi maydonda sodir bo'lgan voqealarni aks ettirmaydi degan fikr paydo bo'ldi. Men o'z fikrimni raqamlar va statistika yordamida tushuntirishga harakat qilaman.


1. O'zbekiston terma jamoasi O'monga qarshi kechgan uchrashuvda 59% vaqt mobaynida to'pni nazorat qildi. Terma jamoamizning so'ngi 7ta uchrashuvdagi o'rtacha to'p nazorati ko'rsatkichi esa 43% foizga teng. Bu esa kechagi uchrashuvda Katanec havodan uzatiladigan paslar o'yindagi asosiy qurol sifatida ishlatganligini anglatadi. Havodan uzatiladigan paslarda esa to'pni yo'qotish ehtimoli ancha baland. O'mon termasi O'zbekistonga erkinroq o'ynashga qo'yib berdi va shu sababli ular bor yo'g'i 41% vaqt to'pga egalik qilishdi.

2. To'p nazoratidagi ustunlik, ko'proq hujum qilish va darvozaga ko'proq zarba berishga imkoniyat yaratadi, ammo kechagi bahsda O'zbekiston terma jamoasi o'tgan uchrashuvlarga nisbatan raqib darvozasiga kamroq zarba yo'lladi. Kechagi uchrashuvda O'mon termasi darvozasiga bor yo'g'i 8ta zarba yo'llandi, milliy terma jamoamizning o'tgan 7ta uchrashuvida esa o'yin davomida o'rtacha 9ta zarba yo'llanayotgan edi. Qiziq jihat shundaki, O'mon terma jamoasi so'ngi 9ta uchrashuvda Saudiya Arabistoni, Germaniya, Iordaniya kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o'tkazgan.  O'mon darvozasi tomon o'rtacha 11ta zarba berilayotgan edi.

3. Vaziyatlardan unumli foydalanish masalasiga ham alohida urg'u berib o'tishimiz kerak. Kecha terma jamoamiz raqib darvozasiga 6ta aniq zarba berdi va ulardan 3tasi golga aylandi, bu esa naqd 50% foizlik realizaciyani anglatadi. O'zbekiston terma jamoasining so'ngi 7ta uchrashuvidagi vaziyatlardan unumli foydalanish ko'rsatkichi - 32%( 28ta zarba, 9ta gol). O'mon terma jamoasi darvozasi tomon so'ngi 9ta uchrashuvda  33ta zarba yo'llangan va ulardan faqatgina 8tasi golga aylangan (24%).

Mening fikrimcha, kechagi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi uchun o'ta omadli bo'ldi. SHuni takidlab o'tish kerakki, O'mon terma jamoasi kecha juda yomon o'ynadi. O'zbekiston esa o'tgan uchrashuvlaridagi ko'rsatkichlaridan yaxshiroq natija qayd etdi. Umumiy manoda "oq bo'rilar" kecha "over-prefomance" namoyish etdi.


Emil Bekmuxamedov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика