So’nggi yangiliklar

15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  1 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  3 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8

O'zbekistonning 4 karra chempioni “Qo'qon-1912” bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

O'zbekistonning 4 karra chempioni “Qo'qon-1912” bilan shartnoma tuzdi

Yana kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912” futbol klubi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan jamoamiz selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Tarkibga iqtidorli o'yinchilarni jalb etish bilan birga, mahoratli o'yinchilar ham taklif etilmoqda. Xususan o'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynagan himoyachi Aleksey Nikolaev endilikda faoliyatini “Qo'qon-1912”da davom ettiradi.

Muxlislarga yaxshi malumki, chap qanot himoyachisi sifatida tanilgan Nikolaev “Paxtakor” safida O'zbekistonning 4 karra chempioni va 4 bor mamlakat Kubogida zafar quchgan. Tajribali himoyachi “sherlar” safida 80ga yaqin o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3ta to'p kiritgan.

2006 yili esa futbolchi Rossiya premer ligasi qatnashchisi Yaroslavning “SHinnik” klubiga ko'chib o'tadi. Birinchi davrada 2ta o'yinda imkoniyat berilgach, Nikolaev o'zini Qozog'iston chempionatida sinab ko'rishga ahd qiladi. SHu tariqa “Aktobe” taklifini qabul qiladi. Aytish lozimki, bu jamoa tarkibida u chempionlikka erishgan. 35 yoshli futbolchi keyinchalik “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) bilan taqdirini bog'laydi. Bu jamoada bir yil o'ynagach, unga yana xorijdan taklif tushadi va Nikolaev bu safar endi Xitoyga yo'l oladi. “SHenchjen Rubi” safida u 27ta uchrashuv o'tkazib, so'ngra yana yurtimizga qaytadi. Samarqandning “Dinamo” jamoasi uni o'z tarkibiga chorlaydi. Nikolaev taklifni qabul qilgan xolda, bu jamoa safida bir mavsum o'ynadi.

Nikolaevning katta futbolga kirib kelishida muhim o'rin tutgan “Qizilqum” jamoasi uni 2011 yili yana o'z safiga chorlaydi. “Konchilar” tarkibida bir mavsum to'p tepgach, u yana qadrdon klubi – “Paxtakor”ga qaytadi. Bu safar uning toshkentliklar safida ishlari o'z xohlaganidek kechamadi va futbolchi yana jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

2012 yilning ikkinchi yarmidan “Buxoro”ga o'tgan Nikolaev u erda 31ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'ygan.

2014 yili futbolchi birinchi liga qatnashchisi “NBU-Osiyo” tarkibida faoliyat yuritdi.

Endilikda Aleksey Nikolaev “Qo'qon-1912” sharafini himoya qiladigan bo'ldi. 

Malumot uchun:
Nikolaev Aleksey Vladimirovich
Tug'ilgan yili: 05.09. 1979
Fuqaroligi: O'zbekiston
Bo'yi: 182 sm
Ampluasi: himoyachi

Futbolchilik faoliyati:
2000-2002 O'zbekiston “Qizilqum”  96 o'yin  (14gol)
2003-2005 O'zbekiston “Paxtakor”  72 (3)
2006 Rossiya “SHinnik”  2 (0)
2006-2007  Qozog'iston “Aktobe” 31 (3)
2008 O'zbekiston “Quruvchi” / “Bunyodkor” 25 (0)
2009 Xitoy “SHenchjen Rubi” 27 (0)
2010 O'zbekiston “Dinamo” (Samarqand)  24 (1)
2011 O'zbekiston “Qizilqum” 24 (3)
2012 O'zbekiston “Paxtakor”  7 (0)
2012 ikkinchi davradan O'zbekiston “Buxoro” 31 (2)
Milliy terma jamoadagi faoliyati
2002-2008 O'zbekiston 42(0)


Erishgan yutuqlari:
O'zbekiston chempioni - 2003, 2004, 2005, 2008 yil
O'zbekiston Kubogi sohibi - 2003, 2004, 2005, 2008 yil
Qozog'iston chempioni – 2007 yil
Osiyo chempionalar ligasi qatnashchisi - 2002/03, 2004 yil
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика