So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

O'zbekistonlik yoshlar futzal bo'yicha jahon chempioniga aylanishdi! (+FOTO) Yangiliklar

O'zbekistonlik yoshlar futzal bo'yicha jahon chempioniga aylanishdi! (+FOTO)

Futzal bo'yicha 18 yoshgacha bo'lgan futzalchilardan tashkil topgan O'zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi Tayland poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi.

Bu haqda bizga "Feysbuk" orqali Sarvar Muhammad malum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, har bir o'yin oldidan Vatanimiz madhiyasini baralla aytib, ko'zlariga yosh olayotgan hamyurtlarimiz turnir finaliga qadar etib borishdi. Guruh bosqichining ilk o'yinida vakillarimiz ancha kuchli SHveciya terma jamoasini 5-3 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi turda Indoneziya 17-2 hisobida tor-mor etildi. Guruhning so'nggi o'yinida Kuvaytga qarshi zalga chiqqan yurtdoshlarimiz 9-2 hisobida g'alabaga erishib, 100 foizlik natija bilan yarim finalga yo'l oldilar. Yarim finalda tarkibda bir qancha yo'qotishlar bilan o'ynagan O'zbekiston amaldagi jahon chempioni Rossiyani 3-2 hisobida mag'lub etdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda SHveciyani 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylanishdi. Ushbu yirik muvaffaqiyat bilan yigitlarni muborakbod etamiz.

SHveciya - O'zbekiston 3:5

O'zbekiston - Indoneziya 17:2

O'zbekiston - Quvay 9:2

O'zbekiston - Rossiya 3:2

O'zbekiston - SHveciya 4:2




Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика