Asli kelib chiqishi o'zbekistonlik tadbirkor Ronalduga samolyot narxiga teng soat sovg'a qildi
08 noy 2023 20:40
Yangiliklar
Asli kelib chiqishi o'zbekistonlik tadbirkor Ronalduga samolyot narxiga teng soat sovg'a qildi
Ushbu modeldagi soat dunyoda sanoqli hisoblanadi.
Jacob kompaniyasi egasi kompaniyasi asoschisi va egasi o'zbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) "Al Nassr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiymati 1,3 million dollarga teng soat sovg'a qildi.
Twin Turbo Furious modeli maxsus buyurtma asosida tayyorlanadi. Dunyoda bunday soatlardan atigi 18 dona mavjud.
"Krishtianu menga yaqin inson bo'lgani uchun 1,3 million dollarlik noyob soatni shaxsan etkazishga qaror qildim", deb yozgan Arabo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, tadbirkor avvalroq Ronalduga 117 000 dollarlik soat ham tuhfa qilgandi (https://championat.asia/uz/news/346035).
Fikrlar