So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

O'zbekistonlik sportchilar ilk marotaba Islom hamjixatlik o'yinlarida ishtirok etadilar Yangiliklar

O'zbekistonlik sportchilar ilk marotaba Islom hamjixatlik o'yinlarida ishtirok etadilar

To'rtinchi marotaba o'tkazilinayotgan musobaqaga Ozarbayjonning Boku shahri mezbonlik qiladi.

Musobaqa olimpiada o'yinlari kabi 4 ylda bir marotaba bo'lib o'tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi ham deb ataladi.

Ilk musobaqa 2005 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan. Eron esa 2009 yilda ikkinchi musobaqaga mezbon bo'ldi. Indoeziyaning Pekanbaru shahri esa 2013 yilgi turnirni qabul qilgan.

Islom hamjixatlik o'yinlari sportning 21ta turini o'z ichiga oladi. Bular: Engil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o'q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og'ir atletika.

2015 yil Evropa o'yinlari katta sport bayramiga mezbon bo'lgan Baku, bugungi moddiy texnika bazasi bilan Islom hamjixatlik o'yinlarini yuqori suratda o'tkazishni o'z oldiga maqsad qilgan.

Vakillarimiz quyidagi sport turlarida g'oliblik uchun kurashadilar:

1. Engil atletika (10 nafar sportchi)

2. Boks (10)

3. Sport gimnastikasi (5)

4. Badiiy gimnastika (9)

5. Dzyudo (6)

6. Karate (7)

7. O'q otish (6)

8. Suzish (5)

9. Taekvando (9)

10. Og'ir atletika (10)

11. Yunon-rum kurashi (5)

12. Erkin kurash (5)

13. Gandbol (ayollar terma jamoasi)

14. Suvga sakrash (4)

15. Tennis (6)

Paralampiya yo'nalishi:

1. Engil atletika (4)

2. Dzyudo (6)

Jami 165 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladilar. 

Musobaqa timsollari Inje va Jasur


Islom hamjixatlik o'yinlarini "Olamsport" va "Championat.asia" saytlari bevosita Baku shahridan turib yoritib boradilar!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика