So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  27 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

O'zbekistonlik “Pele” Bobir Abduxoliqovni tabriklaymiz Yangiliklar

O'zbekistonlik “Pele” Bobir Abduxoliqovni tabriklaymiz

Bugun “Nasaf” jamoasi azosi, iqtidorli hujumchi Bobir Abduxoliqov tavallud kunini nishonlamoqda. Futbolchi 23 yoshga qadam qo'ydi.

Koson tumaninig Kamandi qishlog'ida tug'ilgan Bobir Abduxoliqovning millionlar o'yiniga oshno tutilishi Qarshining “Nasaf” klubi orqali boshlangan. 

Bolalikdagi kumiri afsonaviy hujumchi Zafar Xolmurodovning o'yinlariga mehr qo'yishni boshladi va maqsadi sari dadil qadam tashladi. Futbolga bo'lgan yuqori qiziqishi sabab u otasini “Nasaf” akademiyasiga borishni ko'ndiradi. Akademiyada unga Umar Rahmattulaev ustozlik qiladi. Qizig'i, “Pele” laqabini ham aynan ushbu murabbiy beradi. 2014 yilda “ajdarlar” o'rinbosarlar jamoasiga taklif etilgan Bobir tezda iqtidorini va salohiyatini namoyon qilishga kirishadi. 

Kichik jussasiga qaramasdan chayir va epchil harakatlari Ro'ziqul Berdievning diqqatini o'ziga jalb qiladi. Keyingi yillarda asosiy tarkib bilan birga mashg'ulotlar va yig'inlarda qatnashib tajribasini oshirib boradi. 2016 yilgi mavsumga bosh jamoa bilan hozirlik ko'rgan futbolchi OCHL guruh bosqichi bosqichi birinchi turida Saudiya Arabistonida “Al Ahli”ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda uchrashuvni boshlaydi. Xalqaro o'yindagi debyutini gol bilan bezashga muvaffaq bo'ldi va Qarshidagi javob bahsida ham to'p kiritishni uddasidan chiqdi. 

SHu yili u Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Baxrayndagi Osiyo chempionatida qatnashadi. Garchi mundialga chiptani qo'lga kirita olmagan bo'lsakda Bobir o'zining o'yinlari bilan ko'pchilikka manzur keldi. Ajoyib iqtidor sohibi keyinchalik OTJ bilan Xitoydagi Osiyo chempionatida chempionlikni nishonladi. Afsuski, qishda Tailandda o'tkazilgan qita chempionatida u terma jamoa bilan Olimpiadaga chiqa olmadi. Umid qilamizki futbolchi milliy terma jamoamiz bilan Qatardagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Bobir Abduxoliqovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика