So’nggi yangiliklar

09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  0 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  14 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  3 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  167 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  16

O'zbekistonlik murabbiylar xorij klublarida malaka oshirib qaytishdi Yangiliklar

O'zbekistonlik murabbiylar xorij klublarida malaka oshirib qaytishdi

Xabaringiz bor, 2018 yili mamlakatimizda “Pro” murabbiylik licenziyasi uchun o'quv-kurslar boshlangandi.

Mazkur o'quv jarayoni bosqichma-bosqich o'tkazilib kelinmoqda. Unda tahsil olayotgan bir qator taniqli murabbiylar talabga binoan o'ish jarayoni so'nggida xorij klubida malaka oshirib qaytishi zarur edi. SHu bois bir qator o'zbekistonlik mutaxassislarni evropa klublarida bo'lib qaytganidan xabar topdik.

Xususan, joriy mavsum “Dinamo” jamoasini boshqarib, keyinchalik istefoga chiqqan Davron Fayziev, AGMK bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Muxtor Qurbonov, “CHig'atoy” futbol maktabi direktori Rustam Abdullaev hamda “Neftchi”ning sobiq ustozi Bahrom Haydarov yaqinda Rossiya poytaxti Moskvaga safar uyushtirib, “Lokomotiv”da bo'lishdi. Malum muddat Yuriy Syomin boshqaruvidagi “temiryo'lchilar” klubida mahoratini oshirgan mutaxassislar u erda o'zlari uchun bir qator yangiliklarni kashf etishga muvaffaq bo'lishdi.



SHuningdek uzoq yillardan buyon “Nasaf” jamoasini boshqarib kelayotgan, 3 karra O'zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” sifatida tan olingan Ro'ziqul Berdiev ham “Pro” murabbiylik licenziyasi uchun o'quv-kurslarida tahsil olayotgandi. Vohalik mutaxassis malaka oshirib qaytish maqsadida Turkiyaning “Beshiktosh” klubini tanladi. Unga “Paxtakor” rahbariyatida faoliyat yuritayotgan, sobiq hujumchi Jafar Irismetov bilan SHota Arveladzening yaqin yordamchisiga aylanib ulgurgan Jasur Abduraimov hamrohlik qildi.

Albatta murabbiylarimizning xorij klublarida malaka oshirib qaytgani futbolimiz uchun juda foydalidir. Boisi ular Evropa jamoalaridan o'zlari uchun kerakli bo'lgan ishlarni kashf etishga erishgani aniq.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика