O'zbekistonlik himoyachi "Xo'jand" bilan shartnoma tuzdi
11 fev 2019 17:26
Yangiliklar


O'zbekistonlik himoyachi "Xo'jand" bilan shartnoma tuzdi
27 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Asiljon Begimqulov Tojikistonning Xo'jand klubi bilan shartnoma tuzdi.
Asiljon Begimqulov «So'g'diyona» klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatining katta qismini «So'g'diyona» safida o'tkazgan, bundan tashqari «Nurafshon» va «Mashal» jamoalarida o'ynagan.
- Birinchi navbatda «Xo'jand» klubi muxlislariga va tojikistonlik futbol ishqibozlariga alangali salom yo'llamoqchiman. Jamoada meni ajoyib kutib olishdi, Tojikiston va O'zbekiston ko'p jihatdan o'xshash davlatlar. «Xo'jand» mening birinchi xorijiy klubim, rahbariyatning ishonchini oqlashga urinaman. «Xo'jand» oldiga katta maqsadlar qo'yilgan, hozirda birinchi vazifamiz OFK kubogi guruh bosqichiga chiqish. «Xo'jand» safida ko'plab sovrinlar yutishni istayman," - deydi futbolchi klub rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar