So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  5 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  5 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  75 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  2 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  1 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

O'zbekistonlik hakamlar o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishlaydi Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishlaydi

SHu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo'lib o'tadigan 16 yoshgacha bo'lgan o'smir futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishlaydigan hakamlar malum qilindi.

Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan ushbu musobaqa uchun tayinlangan hakamlar ro'yxatidan o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov hamda Ruslan Serzitdinov ham o'rin olgan.

Takidlash kerakki, Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qura natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.

Qita birinchiligiga tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Minsk shahriga jo'nab ketdi. O'zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu yig'in doirasida Belarus bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Har ikki o'yin Minsk shahrida bo'lib o'tadi. Jamoaning Belarusga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi 25 iyunda bo'lsa, ikkinchi o'yin 27 iyun sanasiga belgilangan. Har ikki uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика