O'zbekistonlik hakamlar "Al-Nassr" - "Sepahon" uchrashuvini boshqaradi
18 sen 2020 21:07
Yangiliklar


O'zbekistonlik hakamlar "Al-Nassr" - "Sepahon" uchrashuvini boshqaradi
Ayni kunlarda Qatar maydonlarida OCHL guruh bosqichi G'arb mintaqasidagi uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.
Avval xabar berganimizdek, ushbu o'yinlarda faoliyat olib borish uchun o'zbekistonlik hakamlar ham taklif etilgan.
Hamyurtimiz FIFA referisi Ilgiz Tantashev o'z brigadasi bilan OCHL 4-turidan o'rin olgan "Al-Nassr" - "Sepahon" uchrashuvini boshqarib boradi.
Bugun, Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladigan mazkur bahsda Ilgiz Tanyashevga qanotlarda Andrey Tsapenko va singapurlik Ronni Ko Min yordam beradi.
Zaxira hakami vazifasi tailandlik Sivakorn Pu-Udomga ishonib topshirildi.
Al Nassr FC Abdullah Madu - 32', Abderrazak Hamdallah - 41' |
AFC Champions League Grp. D . 4-tur 19/09/2020, 00:00 0
:
2
Tugadi
|
Sepahan |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar