O'zbekistonlik futbolchilar Bangladesh klublari bilan shartnoma tuzishdi
29 okt 2018 15:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460328_original.jpg)
![](/upload/storage/460328_220.jpg)
O'zbekistonlik futbolchilar Bangladesh klublari bilan shartnoma tuzishdi
Bu yildan Bangladesh chempionatida to'p suradigan futbolchilarimiz ham bo'ladi.
Xususan, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “So'g'diyona”da o'tkazgan Otabek Valijonov, birinchi davrada PRO liga vakili “Istiqlol”da faoliyat yuritgan Iqbol Boboxonov, hujumchi Alisher Azizov (“Olg'a”, Qirg'iziston) va himoyachi Furqat Hasanboev (“Parvoz”, Tojikiston) endi Bangladesh klublari sharafini himoya qiladi.
Jumladan, Valijonov va Hasanboev BJMS jamoasi bilan shartnoma tuzgan bo'lsa, Alisher Azizov “SHeyx Russel”da to'p suradi. Iqbol Boboxonov esa, “Arambax”da o'ynaydigan bo'ldi. 27 oktyabr kuni Bangladesh Kubogiga start berildi. Valijonov va Hasanboev yangi klubida ilk rasmiy bellashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar