

"FIFA palatasida vakilimiz bor.
23 iyun kuni FIFA Kengashi tashkilotning qator qo'mitalari a'zolarini tasdiqladi. Quvonarli tomoni endilikda FIFA organlaridan birida o'zbekistonlik vakil ham bo'ladi.
Futbol tribunalining Agentlar palatasi futbol agentlari faoliyatini tartibga solish va kelib chiqqan nizolarni ko'rib chiqish bilan shug'ullanadi. O'zPFL mazkur palataga Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasi (WLF) orqali o'z nomzodini kiritgandi. Yakunda FIFA bizning vakil nomzodini maqulladi va endilikda faxr bilan aytamizki, oldindagi 4 yil davomida FIFA palatasi a'zolari ichida Liga vakili ham faoliyat olib boradi.
Ma'lumot uchun, Ligamiz 2022 yil WLF a'zosi bo'lishga erishgandi. Bu biz uchun yangi eshiklar va imkoniyatlar ochayotganidan xursandmiz", – dedi Diyor Imomxo'jaev.



