O'zbekistonlik darvozabondan gol o'tkazgan koreyalik futbolchi jazolandi
04 noy 2016 17:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/226884_original.jpg)
![](/upload/storage/226884_220.jpg)
O'zbekistonlik darvozabondan gol o'tkazgan koreyalik futbolchi jazolandi
U-16 Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasidagi O'zbekiston - KXDR uchrashuvini ko'rib chiqqan OFK quyidagilarni qabul qildi:
KXDR Futbol associaciyasini 20 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Mamalakat yoshlar terma jamoasi 2018 yilgi U-19 Osiyo chempionatidan chetlatildi.
KXDR U-16 Terma jamoasi bosh murabbiyi Yung Jong Su 5 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. U 12 oyga barcha musobaqalardan chetlatildi.
KXDR U-16 terma jamoasi darvozaboni Jang Paek Xo 1 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. U 12 oyga barcha musobaqalardan chetlatildi.
KXDR U-19 terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslarida ham ishtirok etmaydi.
Yuqorida jazolangan murabbiy va darvozabon 2017 yilda Hindistonda o'tadigan U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etmaydi.
Ushbu o'yinda urilgan golni tomosha qiling.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar