Nega 100-150 nafar o'zbekistonlik muxlis "Spartak" - "Paxtakor" o'yiniga kiritilmadi?
22 fev 2020 16:54
Yangiliklar
Nega 100-150 nafar o'zbekistonlik muxlis "Spartak" - "Paxtakor" o'yiniga kiritilmadi?
100-150 nafar muxlis o'zbekistonlik muxlislar mavsumiy abonementlari yo'qligi sabab "Spartak" - "Paxtakor" o'yiniga kiritilmadi. Ammo, "Paxtakor" klubining say-harakatlari bilan yosh bolalari bilan kelgan taxminan 25 nafar muxlisga ruxsat berilgan.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, Rossiya hukumati 23 fevral - vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko'rayotgani tufayli ushbu bahsga xavfsizlik xodimlari juda kam yuborildi. Bundan tashqari Rossiya IIB odamlarning yig'ilishi va tasodifiy to'qnashuvlarni oldini olish niyatida stadionga kam sonli muxlislarni kiritdi. Bu erda biror klubning aybi yo'q.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Spartak" mamuriyati o'yinga chipta sotilmasligini, faqatgina mavsumiy abonementlar bilan kirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.
"Spartak" - "Paxtakor" LIVE. Matnli translyaciya
Fikrlar