O'zbekistonga gol urgan hujumchi "Inter"ga o'tyapti
13 fev 2024 00:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/780351_original.jpg)
![](/upload/storage/780351_220.jpg)
O'zbekistonga gol urgan hujumchi "Inter"ga o'tyapti
"Inter" eronlik hujumchini o'z safiga qo'shib oladi.
Mashhur insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Italiya klubi Eron terma jamoasi va "Portu" forvardi Mehdi Taremi bilan shartnoma tuzish borasida kelishib olishgan.
Taremi yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan. Eronlik futbolchi hamda "Inter" o'rtasidagi bitim yozda imzolanadi.
Mehdi Taremi 2023 yilning 23 noyabrida JCH-2026 saralash o'yinida (2:2) gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar