So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

O'zbekistondagi o'yini eng kuchli jamoalar to'qnashuvi - "Paxtakor" - "Nasaf" (prevyu) Yangiliklar

O'zbekistondagi o'yini eng kuchli jamoalar to'qnashuvi - "Paxtakor" - "Nasaf" (prevyu)

Superliganing 3-turi doirasidagi markaziy bahs Toshkentda kechadi.

SHota Arveladze boshchiligidagi chempionat peshqadami "Paxtakor" o'z uyida turnir jadvalidagi eng yaqin "qo'shnisi" hisoblanmish Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qiladi.

Birinchi turda Samarqandda durangga imzo chekkan, ikkinchi turda esa Qarshida "So'g'diyona"ni taslim qilgan "Nasaf"ni bu gal yanada jiddiy sinov kutmoqda. 

Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor" esa o'tkazilgan dastlabki ikki turda g'alabani tantana qilgan. Dastlab amaldagi chempion "Loko" engilgan bo'lsa, keyinchalik boshqa bir Toshkent klubi "Bunyodkor" mag'lub etildi. Bugun esa juda yosharib ketgan, lekin o'yini o'sha-o'sha jozibador bo'lib turgan "Nasaf"ning shijoatiga qarshi tajribasini ishga solishga urinib ko'radi.

Ayni paytda o'yin bo'yicha O'zbekistondagi eng kuchli jamoalar to'qnashuvi. Turnir jadvalida ham jamoalar hozir yonma-yon ketishmoqda.

Qayd etish kerakki, "Paxtakor" safidagi Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Dragan CHeran kabi futbolchilar bugun sobiq jamoalariga qarshi maydonga tushishadi. SHerzod Azamov va Eldor Suyunov esa jarohatlari bois uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Mazkur futbolchilar ichidan birgina Odiljon Hamrobekov ilk marotaba o'zining sobiq klubiga qarshi maydonga tushadi. Qolgan barcha boshqa sobiq "nasafchi"lar o'tgan mavsumda qarshiliklarga qarshi maydonga chiqishga ulgurishgan.

O'zaro o'yinlar tarixi

Bu jamoalar 1997 yildan buyon O'zbekiston chempionatida uzluksiz bir-birlariga raqiblik qilib kelishmoqda. SHu kunga qadar jamoalar ichki chempionatda jami 44 marotaba duch kelishgan. Ustunlik "Paxtakor" tarafida. Toshkent klubi 25 uchrashuvda qarshiliklarni mag'lubiyatga uchratishni uddalagan. "Nasaf" esa 9 bahsda g'olib chiqqan. SHuningdek, qolgan 10 o'yinda murosaga kelingan, yani durang qayd etilgan. To'plar nisbati ham tabiiyki "Paxtakor" foydasiga: 66-38.

Fakt: O'zaro uchrashuvlardagi eng yirik g'alabalar bir xil hisobda qayd etilgan. "Paxtakor" ham o'z vaqtida "Nasaf" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urgan va qarshiliklar ham bu ishni takrorlashgan.


"Paxtakor": SHota Arveladze jamoasi mavsumni juda ko'tarinki ruhda boshladi. OCHL saralash bosqichi orqali mavsumga kirishgan "Paxtakor" hozirga qadar 6 uchrashuvda ishtirok etdi va 5 g'alaba ("Eyr-Fors" (2:1), "Al Nasr" (1:2), "Al Ahli" (1:0), "Lokomotiv" (3:1), "Bunyodkor" (1:2) hamda 1 ("Persepolis" (1:1) durang qayd etdi. "Paxtakor" Arveladze falsafasiga muvofiq hujumkor va yuqori pressingga asoslangan futbol namoyish etmoqda. Jamoaning samaradorligi yuqori ko'rsatkichga ega ekanligi ham tanlangan uslub bilan bog'liq.

Hujumda keskin va yuqori samaradorlik ko'rsatayotgan "Paxtakor"ning barcha raqiblar bilan o'yinda total ustunlik bilan harakatlanishi va to'pni qadrlashi raqiblarga qiyinchilik tug'diradi. Biroq "Paxtakor" o'tkazilgan 6 o'yindan 5tasida o'z darvozasidan muntazam gol o'tkazib yuborayotganini ham takidlash mumkin. Bu ko'proq jamoaning tanlagan uslubi va o'ta hujumkor o'ynashi bilan bog'liq masala. Markaziy himoyachilar juda yuqori joylashishlari va qanot himoyachilari muntazam faol ravishda hujumga ko'shilib o'ynashi natijasida raqibda qarshi hujumda ko'plab bo'sh hududlar vujudga keladi. Bu esa albatta gol o'tkazish xavfini oshirib yuboradi. Lekin butun o'yin davomidagi ustunlik va qator vaziyatlar yaratilishi natijasida hozircha o'tkazib yuborilayotgan gollar Arveladze jamoasiga qimmatga tushmayapti.

Yana bir muhim jihat shuki, "Paxtakor" hozircha yangi mavsumdagi 6 uchrashuvning hech birida hisobda orqada qolmagan. Jamoa doim birinchi bo'lib raqib darvozasini ishg'ol etmoqda. Ayni paytda jamoaning asosiy to'purari Dragan CHeran sanaladi. "Nasaf"ning sobiq azosi yangi jamoasida etakchi rolda. CHeran nafaqat "Paxtakor"ning muhim gollarini urmoqda, balki o'yin tashkil etishda ham serbiyalik futbolchi eng muhim figuraga aylangan. 

Ro'ziqul Berdiev CHeranni O'zbekiston chempionatida porlashiga sababchi bo'lgan mutaxassis sifatida sobiq shogirdining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Garchi qo'l ostida tajribali futbolchilar jamlanmagan bo'lsada, mavjud futbolchilar orqali CHeranni zararsizlantirishga urinib ko'radi. Aynan mazkur jihat etibori bilan qaraganda, CHeranga "Nasaf"ga qarshi o'ynash nisbatan qiyinroq bo'lishi mumkin. SHota Arveladze esa yashirin "qurol" sifatida CHerandan boshqa futbolchilarga ham murojaat qilishi mumkin.

Mavsum boshlanishi bilan jarohat olgan va endi safga qaytganida FIFA kunlarida terma jamoasi tarkibida yana jarohatini yangilab kelgan Marko Simich hali optimal formaga kirib ulgurgani yo'q. Simich hozircha OCHL guruh bosqichi o'yinlarida zaxiradan maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi. Katta ehtimol bugungi bahsda Arveladze "Al Sadd"ga qarshi o'yin oldidan Simichni himoyada o'ynatib oladi. Uning sherigi bo'lishi mumkin bo'lgan SHerzod Azamovda ham kichik jarohat mavjud. Aynan shu jarohati tufayli "Bunyodkor" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan himoyachi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushmaydi.

Asosiy "quroli": Dragan CHeran(hujumchi)/Marat Bikmaev (hujumchi)

Bo'sh nuqta: Himoya


"Nasaf": Har transfer bozoridan so'ng yangilanishga o'rganib qolgan, etakchilaridan voz kechishga ko'nikib qolgan "Nasaf" yangi mavsum oldidan yana qator etakchilaridan ayrildi. Lekin bu jihat jamoaning o'yin sifatiga putur etkazgani yo'q. Garchi tarkibda tajribali futbolchilar sanoqli qolgan bo'lsada, akademiyada tarbiya topib chiqayotgan istedodlar o'tgan ikkala bahsda barchada birdek iliq taassurot qoldirishdi. To'pni sevuvchi, kombinacion va hujumkor futbolni tadbiq etayotgan "Nasaf"ning uslubi va shijoati kuchli bo'lgan "Paxtakor"ga ham muammolar taqdim etishga qodir. Aynan o'yin taraflama yaxshigina to'qnashuv guvohiga aylanamiz. 

"Nasaf" uchun mazkur bahsdagi eng muhim jihatlaridan biri tezkor gol o'tkazib yubormaslik. Aynan shu masalada echim topilsa, qolgan daqiqalarda tajribali raqibga yuqori ishtiyoq va yo'lga qo'yilgan o'yin orqali bosh og'riq taqdim etish mumkin. "Nasaf"ning yutug'i shundaki, jamoa oldida ortiqcha bosim yo'q. Yosh va quvnoq jamoadan birinchi navbatda shunchaki futbol o'ynash talab etiladi. 

Ro'ziqul Berdiev mazkur o'yin oldidan tarkib borasida ham bazi yo'qotishlarga duch kelgan. Jamoaning hozirgi tarkibidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan va eng yaxshi to'purari bo'lib turgan Bobir Abdixoliqov (69 o'yin, 25 gol) jarohati tufayli Toshkentga kelmagan. SHuningdek, endigina mashg'ulotlarni boshlagan va umumiy guruhda shug'ullanayotgan Aziz G'aniev va SHarof Muhitdinovning maydonga tushishi so'roq ostida. Berdiev G'anievni maydonga tushirib katta tavakkalga qo'l urmasligi mumkin. SHarof Muhitdinov xizmatidan esa foydalanish ehtimoli nisbatan yuqoriroq.

Yangi mavsumda jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib borayotgan Bobur Davlatov, Akmal Mozgovoy, Islom Kenjaboev va Oybek Bozorovning o'yinlari alohida etirofga loyiq. O'ng qanot himoyachisi Dilshod Saitovning o'yini va ikki uchrashuvdan buyon jamoaning muhim gollarini urayotgani bejiz emas. Saitovning zarbasi juda kuchli va shu boisdan ham Muhitdinov va G'aniev yo'qligida Dilshod "Nasaf"ning standart vaziyatlaridagi asosiy futbolchisiga aylanib ulgurdi. Samaradorlik esa nihoyatda yuqori. Ikki uchrashuv va ikki gol. Xullas "Paxtakor" va ayniqsa Sanjar Quvvatov sobiq jamoasidagi mazkur futbolchidan ancha ehtiyotkor bo'lishi talab etiladi.

"Mashal"dan chaqirilgan tayanch yarim himoya vakili Sardor Abduraimov va hujumchi Humoyun Murtazoevdan "Nasaf" muxlislarining umidi katta. Ayniqsa Ro'ziqul Berdiev mazkur yangi futbolchilarga katta umid bog'lagan. Aynan Berdiev qo'l ostida Abduraimov va Murtazoev yangi darajaga chiqishi kutilmoqda. Ayni paytda mazkur futbolchilar asosiy tarkib futbolchilariga aylanib ulgurishgan hamda jamoaga ko'nikish va moslashish jarayonini davom ettirishmoqda.

"Nasaf"ning zaif nuqtasi sifatida jamoaning ikkinchi qavatdagi o'yinini aytish mumkin. O'tkazib yuborilgan gollar ham aynan mazkur muammo tufayli yuzaga keldi. Jamoa "Dinamo"dan ham, "So'g'diyona"dan ham aynan ikkinchi qavatdagi kurashda mag'lub bo'lgani uchun o'z darvozasidan gollar qo'yib yubordi. "Paxtakor" esa raqibning mazkur bo'sh nuqtasidan foydalanishga urinib ko'rishi aniq. "Nasaf" tarkibidagi futbolchilar esa jismoniy taraflama uzun bo'yli va baquvvat futbolchilardan iborat emas. Ular ko'proq qisqa paslar va kombinacion futbolga tayanib o'ynashadi. Ikkinchi qavatdagi o'yinda ularning imkoniyatlari nisbatan kamroq.

Asosiy "quroli": Dilshod Saitov (o'ng qanot himoyachi)/Oybek Bozorov (qanot vingeri)

Bo'sh nuqta: ikkinchi qavatdagi o'yin


Superliga, 3-tur.

"Paxtakor" - "Nasaf" (18:00)

"Paxtakor" stadioni.

Bosh hakam: PFL hali elon qilgani yo'q

"SHerlar" safida yangi mavsumda gol uryotgan futbolchilar: Dragan CHeran (4), Marat Bikmaev (4), Igor Sergeev (1), Jaloliddin Masharipov (1), Doston Hamdamov (1) 

"Ajdarlar" safida yangi mavsumda gol urayotgan futbolchilar: Dilshod Saitov (2), Bobur Davlatov (1), Islom Kenjaboev (1)

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика