So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

O'zbekistonda VAR tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha seminar bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

O'zbekistonda VAR tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha seminar bo'lib o'tmoqda

Teglar :  VARO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda hakamlik darajasini oshirish, futbol uchrashuvlarining hakamlar tomonidan har jihatdan adolatli tarzda boshqarilishini taminlash maqsadida muntazam ravishda qator loyiha va dasturlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, FIFA hamda OFK tavsiyalariga muvofiq, futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni taminlash maqsadida yaqin kelajakda O'zbekistonda ham VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko'zda tutilmoqda.



SHu boisdan kecha Toshkentda VAR tizimini yo'lga qo'yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo'yicha seminar boshlandi. Unda FIFA va IFAB mutaxassislari tomonidan mazkur zamonaviy tizimni yo'lga qo'yishda etibor qaratish lozim bo'ladigan jihatlar, bunga qadar VAR tizimi joriy etilgan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish, VAR tizimining foydali jihatlari, ushbu tizimdan samarali foydalanishda operator va hakamlarning ahamiyati bo'yicha zarur ko'nikmalar taqdim etilmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ushbu seminarda FIFA Hakamlar boshqarmasidan Maykl Bossler, FIFAning futbolda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish boshqarmasidan Bxveshan Morgen va IFAB vakili Tibo Niysen bu boradagi o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqda.

Seminarda O'FA va PFL mutaxassislari, Superliga uchrashuvlari hakamlari, nazoratchi va yo'riqchilar, Superliga uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionlar direktorlari hamda Sport telekanali vakillari ishtirok etishmoqda.



Kecha start olgan seminarda bevosita ishtirok etayotgan O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur tizimning yo'lga qo'yilishi yurtimizda futbolning rivoji uchun xizmat qilishini takidlab o'tdi:

- So'nggi vaqtlarda FIFA hamda OFK tomonidan futbolga zamonaviy texnologiyalar jadal suratlarda tatbiq etilmoqda. Jahonning etakchi ligalari ham o'yinning har tomonlama adolatli o'tishini taminlash maqsadida VAR tizimini allaqachon yo'lga qo'ya boshlashdi. SHu o'rinda, O'zbekiston futbol associaciyasi ham o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda. Yurtimizda FIFA va OFKning nufuzli musobaqalarini o'tkazish rejalashtirilyapti. Yirik musobaqalarga mezbonlik qilish uchun esa zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanayotgan FIFA hamda OFK kabi ildamlashimiz talab etiladi. SHu boisdan yaqin kelajakda yurtimizda ham VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi dastlabki qadamlarni tashlayapmiz. Ushbu seminar davomida olinadigan bilimlar bizga mazkur tizimni tatbiq etishda as qotishiga aminman, - deya takidladi Ravshan Ermatov.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика