So’nggi yangiliklar

14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  3 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10

O'zbekistonda VAR tizimi paydo bo'lishi mumkin Yangiliklar

O'zbekistonda VAR tizimi paydo bo'lishi mumkin

Teglar :  VARUmid Ahmadjonov
Umid Ahmadjonov bugun Milliy olimpiya qo'mitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi bo'limining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv o'tkazdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Milliy olimpiya qo'mitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi bo'limining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv o'tkazdi.

«O'zbekistonga xush kelibsiz. Bizda futbolni juda sevishadi. Biz futbol bilan bir qatorda, hakamlik tizimini ham rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. O'zbek futboliga VAR tizimini olib kirish ham bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada bizga yordam beradigan sizdek mutaxassisni ko'rib turganimizdan xursandmiz», – deb so'z boshladi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida Ben Krossing kompaniya ko'plab mamlakatlarda ish olib borishini, yangi hamkorlikdan faqat va faqat xursand bo'lishini takidladi.

«VAR tizimini o'rnatish uchun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelishuv shartlariga bog'liq. Masalan, buning uchun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz bu siz uchun arzonroq tushadi. Agar besh yillik kelishuv amalga oshirilsa, yanada yaxshiroq sharoitlar yaratiladi. Jo'nab ketish oldidan yurtingizdagi stadionlardan birini ko'zdan kechiraman», – dedi mutaxassis.

Tomonlar uchrashuv davomida shuningdek, VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni ham muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni O'zbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov mehmonga O'zbekiston futbol associaciyasi nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi.


Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика