So’nggi yangiliklar

07:42Туркия Суперлигаси. «Кайсериспор» Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда дуранг қайд этилди  0 07:20МЛС. "Интер Майами" - "Нью-Йорк Ред Буллс" 6:2   0 07:15МЛС. «Интер Майами» «Нью-Йорк Ред Буллс»ни «сочиб ташлади». Суаресдан хет-трик  13 06:55Серия А. "Сассуоло" - "Интер" 1:0   0 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Веҳда" 6:0   0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Атлетико Мадрид" 0:1   0 06:40ЛаЛига. "Жирона" - "Барселона" 4:2   0 06:35ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 06:30АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон" 5:1   0 06:25АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 06:20Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 06:15Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  4 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  11

"O'zbekistonda o'ynash oson deb kim aytdi? Mavsumni muxlislarimiz oldida boshlash yoqimli bo'lardi. Agar..." - "Qizilqum"ning yangi legioneri Antaliyada Championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

"O'zbekistonda o'ynash oson deb kim aytdi? Mavsumni muxlislarimiz oldida boshlash yoqimli bo'lardi. Agar..." - "Qizilqum"ning yangi legioneri Antaliyada Championat.asia saytiga intervyu berdi

Tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urgan "Qizilqum" bosh murabbiy Asror Aliqulov boshchiligida Turkiyada tayyorgarlikni olib bormoqda.

Navoiyliklar mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda, legionerlar xizmatiga ham umid bog'lagan. Klub yaqinda rossiyalik futbolchi Nikolay Tarasov bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. U ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Legionerdan yangi jamoasi haqidagi fikrlarini tingladik. 


Rasman: Nikolay Tarasov "Qizilqum" jamoasi futbolchisiga aylandi


— "Qizilqum" futbolchilariga o'z oila azolaridek qabul qilishgani uchun rahmat aytaman. Kollektivda do'stona muhit bor. O'zbekiston chempionati haqida avvaldan iliq fikrlar eshitganman. Bu erda texnikaga katta etibor qaratishadi. Superliga jamoalari tabiiy maydonlardan foydalanadi. Infratuzilma yaxshi darajada. CHempionat boshlanishini barcha qatori men ham intiq bo'lib kutmoqdaman.

— To'g'risini aytsam "Qizilqum" haqida ko'p narsa bilmas edim. Futbolchilar texnik qobiliyati bor. Bilmadim, O'zbekiston chempionatida o'ynash oson deb kim aytdi bilmadim, lekin menda unday fikr yo'q. Umuman olganda Superliga oddiy musobaqa hisoblanmaydi. Kurash qattiq kechadi. Individual kuchli ijrochilar bor. Barcha o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. 

— Qurada kim bilan tushishimizni farqi yo'q. Lekin albatta mavsumni muxlislarimiz ko'z oldida boshlash yoqimli bo'lardi. Agar qura bizga shunday vaziyatni taqdim qilsa. Har bir o'yinga bir xil tayyorlanamiz, g'alaba ruhida maydonga tushamiz. 

— O'rtoqlik uchrashuvlarida raqiblarni kuchli yoki kuchsiz deyish noo'rin, deb o'ylayman. Muhimi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish. Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda o'z imkoniyatlarimizni ko'rib olamiz. Bu chempionat oldidan yaxshi foyda berishi shubhasiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика