So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

O'zbekistonda "Olimpiya kuni" bo'lib o'tdi (+eksklyuziv suratlar) Yangiliklar

O'zbekistonda "Olimpiya kuni" bo'lib o'tdi (+eksklyuziv suratlar)

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan “Olimpiya kuni” sport bayrami bo'lib o'tdi.

O'ziga xos festival MOQ binosi va "Paxtakor" stadioni hududida o'tkazildi.



“Olimpiya kuni” dunyoda eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biri hisoblanib, har yili Xalqaro olimpiya qo'mitasiga azo 206 davlatda o'tkaziladi. Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog'lom turmush tarzini hamda olimpizm g'oyalarini keng targ'ib etish, katta-yu, kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan mexrni yanada yuksaltirishdan iboratdir.



Dastlab karnay-surnay sadolari ostida barcha ishtirokchilar jam bo'lishdi.



SHundan so'ng, MOQ prezidenti Mirabror Usmonov so'zga chiqib, yig'ilganlarni ushbu kun bilan tabrikladi.




Undan keyin katta ekranlarda Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxning tabrigi qo'yildi. Davlat madxiyamiz yangragach "Olimpiya kuni" rasman ochiq deb elon qilindi.



Musobaqalarda 5 yosh va undan katta ishtirokchilar turli masofalarga yugurish bo'yicha bahs olib borishdi.





Quvonarlisi, jurnalistlar o'rtasida 500 metrga yugurish bahslarida saytimiz vakili Tolibjon Qosimov marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va shoxsupaga ko'tarilganlar orasidan o'rin oldi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar sportning boks, taekvondo (WTF), dzyudo, velosport, stol tennisi, engil atletika va kamondan otish turlari bo'yicha o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.



Kun davomida estradamiz yulduzlari qatnashchilarni o'z qo'shiqlari bilan mamnun etishdi.



Musobaqalar davomida barcha g'olib va sovrindorlarga maxsus sertifikat va sovg'alar topshirildi.


Xabarning davomini va ushbu qiziqarli tadbirdan olingan eksklyuziv suratlarni olamsport.com saytida tomosha qiling!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика