So’nggi yangiliklar

07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  3 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  73 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6

O'zbekistonda “Inter” klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilishi mumkin Yangiliklar

O'zbekistonda “Inter” klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilishi mumkin

Teglar :  ItaliyaInterO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Italiya, Ispaniya futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yganidan muxlislarning xabari bor.

Ayni kunlarda yurtimizda “Real Madrid” akademiyasi murabbiylari bolajonlarga hamda bolalar murabbiylariga master-klasslar o'tishmoqda. SHuningdek, iyul oyida Italiya futbol federaciyasi mutaxassislari ham Toshkentga tashrif buyurib, o'zbekistonlik bolalar futboli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etishadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston futbol Associaciyasi Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi bilan muzokaralar olib borishyapti. Muzokaralardan ko'zlangan maqsad poytaxtimizda “Inter” futbol klubi akademiyasi rasmiy filialini ochishga erishish.

“Inter” akademiyasi dunyoga mashhur futbol akademiyasi hisoblanib, o'tgan yili akademiya tarbiyalanuvchilari Italiyada 15,16,17 va 18 yoshlilar o'rtasidagi chempionatlarda g'oliblikni qo'lga kiritishgan.

Ayni paytda butun dunyoda Italiyadan tashqari faqat Xitoyda “Inter” klubi akademiyasi rasmiy filiali mavjud. Buning sababi oddiy – klub akciyalarining katta qismi Xitoyning «Suning Commerce Group» kompaniyasiga tegishli.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, O'zbekiston “Inter” klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanadi.

O'FAning maqsadi faqat o'zbekistonlik futbolchilar uchun akademiya tashkil etish emas. Maqsad Toshkentda “Inter” klubining futbolchilar tayyorlash bo'yicha O'rta Osiyo mamlakatlaridagi Markazini tashkil etish. SHuningdek, Italiyaning bolalar futboli bo'yicha kuchli mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning boy tajribasidan unumli foydalanish ham rejalashtirilgan.

Reyting: +106   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика