So’nggi yangiliklar

15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  8 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  4 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  3

O'zbekistonda "Inter" klubi akademiyasi filiali ochilishi mumkin Yangiliklar

O'zbekistonda "Inter" klubi akademiyasi filiali ochilishi mumkin

O'zbekiston futbol associaciyasi Xalqaro boshqarma boshlig'i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig'i o'rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda "Inter" akademiyasi departamenti boshlig'i Barbara Biggi, "Inter" klubining akademiyalar bo'yicha texnik direktori Aldo Montinaro va "Inter" akademiyasi texnik direktori Marko Montilar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda "Inter" akademiyasi filialini ochish masalalari muhokama qilindi. SHuningdek, "Inter" akademiyasi murabbiylari ishtirokida mamlakatimizda bolalar futboli mutaxassislari uchun mahorat darslari o'tkazish, o'zaro tajriba almashish bo'yicha ham muzokaralar o'tkazildi. Bundan tashqari, "Inter" klubi afsonasi" loyihasi bo'yicha, klub tarkibida to'p surgan mashhur futbolchilarni O'zbekistonga olib kelish va ular bilan uchrashuvlar o'tkazish ham muhokama mavzusidan o'rin oldi.

Malumki, hozirda yurtimizda "Pro" diplomi bo'yicha o'quv kurslarining ikkinchi moduli bo'lib o'tmoqda. Mana shu o'quv kurslarida talim olayotgan mutaxassislarni Italiyaga olib borib, "Inter" klubi mashg'ulotlarini bevosita maydondan kuzatish va tajriba o'rganish jarayonini yo'lga qo'yish borasida ham fikr almashildi.

SHuningdek, O'zbekistonda "Inter" klubining rasmiy fan-klubini ochish masalasi ham ko'rib chiqildi.

Bugun O'FA mutasaddilari "Inter" akademiyasiga tashrif buyurib, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishlari ham rejalashtirilgan.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика