So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

O'zbekistonda ilk bora "Asia Sprint Triathlon Cup" musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zbekistonda ilk bora "Asia Sprint Triathlon Cup" musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  triatlon
2021 yil 9 oktyabr kuni Toshkentda "Asia Sprint Triathlon Cup" bo'lib o'tdi, unda Elite toifasidagi professional sportchilari ishtirok etishdi.

Osiyo kubogi faqat Osiyo qitasi mamlakatlarining ishtirokini anglatmaydi. Bu ochiq qita turniri bo'lib, unda Lyuksemburg, Polsha, CHexiya, Yaponiya, AQSH va SHveycariya sportchilari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, Elite toifasi eng kuchli triatlonchilarning ishtirokini nazarda tutadi, bu esa bo'lib o'tgan tadbirni juda ajoyib bo'lishida ko'mak berdi.



Sportchilarning toifalardagi umumiy soni
Elite Men – 23 nafar ishtirokchi
Elite Women – 10 nafar ishtirokchi

"Elite Women" toifasida birinchi o'rinni polshalik sportchi Paulina Klimas 01:01:16 yakuniy natijasi bilan egalladi. 



Kumushni Lyuksemburglik ishtirokchi Eva Deniels 01:01:44 hisobida qo'lga kiritdi. Kuchli uchlikni SHveycariyalik ishtirokchi Liza Berger 01:02:42 yakuniy vaqt bilan yakunladi.
Uch nafar g'oliblar ro'yxatini marokashlik sportchi Badr Sivan yakuniy natija 55:32 bilan ochib berdi. Ikkinchi o'rinni polshalik sportchi Makiesh Bruzdzyak 55:36 natijasi bilan egalladi.

Osiyo Kubogida 55:41 natijasi bilan ukrainalik Vitaliy Voroncov bronzaga ega bo'ldi.




Musobaqaning ikkinchi kuni - 10 oktyabr kunida, "Asia Sprint Triathlon Cup" doirasida professional sportchilar va havaskorlar o'rtasida triatlon bo'yicha O'zbekiston Kubogi bo'lib o'tdi.

Triatlon bo'yicha O'zbekiston Kubogida turli yosh toifasidagi 13 ta viloyat sportchilari ishtirok etishdi.



Ob -havo sharoiti tufayli professional sportchilar Duatlon sprint masofasida bellashdilar: yugurish - 2,5 km / velosiped - 20 km / 5 km.
AGE toifasidagi sportchilar triatlon bo'yicha sprint masofasining uch bosqichidan o'tdilar: suzish - 750 m / velosiped - 20 km / yugurish - 5 km.

Takidlash joizki, Asian Sprint Triathlon Cup O'zbekistonda ilk bora xorijiy texnik delegat va xalqaro hakamlar ko'magida xalqaro standartlarga muvofiq ochiq musobaqasi o'tkazildi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика