So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  0 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  4 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  5 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

O'zbekistonda endi futbolchilar ham doping tekshiruvidan o'tishadi Yangiliklar

O'zbekistonda endi futbolchilar ham doping tekshiruvidan o'tishadi

Teglar :  O'FA
Futbolimizda yana bir yangilik.

Xabaringiz bor, yurtimizda sog'lom va xaqqoniy sportni targ'ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O'zbekistonda samarali amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarorni imzolagan edi.

Qaror bilan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining «Milliy antidoping xizmati» negizida «Sport psixologiyasi bo'limi"ni tashkil etish ko'zda tutilgan bo'lib, Agentlik tarkibida 3ta bo'lim va 2ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog'lom va haqqoniy sportni targ'iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini taminlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, milliy chempionatimizda halol futbolni targ'ib qilish, turli qing'irliklar va g'irromliklarga barham berish maqsadida, futbolchilar o'rtasida ham doping tekshiruvi yo'lga qo'yiladi.

Futbol uchrashuvlari yakuniga etganidan keyin PFL rasmiy vakilining talabiga ko'ra jamoadagi istalgan futbolchi (hattoki u maydonga tushmay, faqat zaxirada o'tirgan bo'lsa ham) doping tekshiruvi uchun olib qolinadi.

Bundan tashqari, doping tekshiruvini amalga oshiruvchi maxsus mutaxassislar istalgan jamoaning mashg'ulotiga tashrif buyurib, istalgan futbolchini yoki butun jamoani doping tekshiruvidan o'tkazish huquqiga ega bo'ladi.

Tekshiruvlar natijasida, taqiqlangan moddalarni istemol qilgan futbolchilar aniqlansa, ularga nisbatan qatiy jazo choralari qo'llaniladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика