O'zbekistonda "burgut"lar soni ikkita bo'ldi. Yangi rahbariyat “G'ijduvon” jamoasining logotipini o'zgartirdi
05 fev 08:44
Yangiliklar
O'zbekistonda "burgut"lar soni ikkita bo'ldi. Yangi rahbariyat “G'ijduvon” jamoasining logotipini o'zgartirdi
Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan buxoroliklar rahbariyati klub logotipini o'zgartirishga qaror qildi.
“G'ijduvon” jamoasining yangi rahbariyati klubda rebrendinga qo'l urdi. Endilikda jamoa asosiy rangi bu sariq rang bo'ladi. Jamoa yangi logosida ham ushbu rangdan ko'proq foydalanilgan. Logotip markazida “oltin burgut” aks etgan.
O'zining epchilligi, tezligi va juda kuchliligi bilan ajralib turadigan ushbu yirtqich qush, jamoa xarakterini ifodalaydi. Bu mag'rur qushning siluetlarini dunyoning ko'plab gerblarida ko'rish mumkin.
Fikrlar