O'zbekistonda birinchi kiber futbol sayti ishga tushdi
19 iyu 2016 12:56
Yangiliklar
O'zbekistonda birinchi kiber futbol sayti ishga tushdi
UCFF.UZ saytining ochilish marosimiga bag'ishlab PS4 platformasida FIFA 16 bo'yicha kichik turnir o'tkazildi.
Musobaqadagi keyingi bahsini kutayotgan ishtirokchilar bilan "Bunyodkor" stadioniga sayoxat uyushtirildi va o'yinchilar arenaning muzeyi, matbuot-anjumani zali, futbolchilar kiyinish xonasini tomosha qilishdi.
Musobaqaning pley-off bosqichi BO3 reglamenti asosida o'tkazildi. Yani 2 ta g'alabaga erishgan o'yinchi keyingi bosqichga chiqadi. Turg'unboev Muhammadamin turnir g'olibiga aylandi. Abdullaev Husan, Usmanov Sanjar, Ibragimov O'ktamlar 2-4 o'ringacha bo'lgan joylarni egallashdi.
Endi siz UCFF.UZ saytiga kirib PS4 va PC (kompyuter) platformalarida o'tkaziladigan kiber futbol turnirlarida qatnashish imkoniga ega bo'lasiz. Tez orada O'zbekiston chempionati va xalqaro turnirlar tashkil etilishi kutilmoqda.
UCFF.UZ sayti ochilishi "Bunyodkor" stadioni, "Bunyodkor" futbol klubi, "UPay" to'lov tizimi yordamida amalga oshirildi. Virtual futbol portalining axborot hamkorlari "UZREPORT TV" telekanali hamda "Championat.asia" sayti.
Murojaat uchun telefonlar:
+99894 6067333
+99890 1685291
Fikrlar