O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayga etib bordi
05 jan 2014 17:19
Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayga etib bordi
SHuxrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi Dubay shahriga etib bordi.
Terma jamoamiz delegaciyasi Dubay shahri chekkarog'idagi to'rt yulduzli "TIME Grand Plaza" mehmonxonasiga joylashdi. Bu mehmonxonada mashg'ulot maydoni yo'q. SHu bois, ko'p ehtimol bilan mehmonxonadan 15 daqiqalik uzoqlikdagi BAA futbol federaciyasida mashg'ulot o'tkazilishi mumkin. BAA FF oldida ikkita chimli maydon borligini inobatga olsak, har tomonlama qulay joy. O'FF oldida esa bitta suniy qoplamali maydon borligini takidlab o'tish joiz.
Eslatib o'tamiz, SHuhrat Maqsudov shogirdlari Iroq, Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan. O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvni 12 yanvar kuni Xitoy termasiga qarshi o'tkazadi.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar