So’nggi yangiliklar

14:51МЮ футболчисини Чемпионшип фаворитига ижарага беради  0 14:20УEФА Чемпионлар Лигаси учун қанча пул ажратиши маълум  2 13:50Неймар ўзининг хизматларини "Барса"га таклиф қилди, Флик "йўқ" деди  5 13:25Breaking! "Манчестер Юнайтед" ПСЖ хавбеки трансферини ҳал қилди  3 13:05"Шерлар" "бўрилар"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:53"Лечче" Элдор Шомуродовга қизиқмоқда, бироқ...  9 12:31Мбаппенинг азалий орзуси ушалди  5 12:18“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2024” спорт мусобақалари ўтказилди  0 11:45Ўзбекистон Кубоги ярим финалида ишлайдиган ҳакамлар аниқ бўлди  8 11:18"Қор жанги" қаҳрамони Сидоров ҳозир қаерда тўп тепмоқда?   0 11:08"Барселона" билан келишуви барбод бўлган Кьеза Европанинг бошқа бир ТОП клубига ўтади  8 10:42"Ал Ҳилол"дан "Ал Насср"га жавоб. Ар-Риёдликлар навбатдаги юлдуз билан шартнома тузишга яқин  4 10:15Пулсиз қолиб кетган "Барселона" "Байер" етакчиларидан бири билан шартнома имзоламоқчи  5 09:48"Атлетико" трансфер ойнасини "ёндириш"да давом этмоқчи. Мадридликлар "Ман Сити" футболчиси билан келишувга эришди  1 09:20ПСЖ футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин   0

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'in doirasidagi oxirgi o'yinda “Lokomotiv U-21”ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'in doirasidagi oxirgi o'yinda “Lokomotiv U-21”ni mag'lub etdi

Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazdi.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 iyuldan Toshkentda yig'inga kirishgan edi. Bosh murabbiy terma jamoa o'zagini shakllantirish va terma jamoaga nomzod futbolchilar harakatlarini ko'zdan kechirish maqsadida ushbu yig'inga jami 30 nafar futbolchi chaqirishga qaror qildi.

Yig'in mobaynida 3 ta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan edi. Bugun so'nggi o'yin o'tkazildi. Unda terma jamoamizga “Lokomotiv U-21” jamoasi raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan o'yinda yoshlar terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi.


Sinov-nazorat uchrashuvi
O'zbekiston yo.t.j. – “Lokomotiv U-21” 2:1
Gollar:
Ibrohim Ibragimov (49), Husain Norchaev (87) – Ibrohim G'anixonov (20).
O'zbekiston yo.t.j: Amal SHavketov, Alibek Davronov, Jovohir Jo'raev, Saidazamat Mirsaidov, Xurshid Ubaydullaev, Bekzod SHamsiev, Ibrohim Ibragimov, Diyor Holmatov, Abdulaziz Abdusalomov, Asilbek Obidov, Alisher Odilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo'minmirzo Qodirov, Eldor Begimov, Doston Tursunov, Ulug'bek Aknazarov, Husain Norchaev, Tohir Rafaelov, Bobur Sobirov, Asilbek Qayumov, Mirjalol Mirzaev, Muhammadaziz Ibrohimov, Islom Abdullaxonov.

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini ertaga o'z nihoyasiga etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика