So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  8 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  10 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  430 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda o'zidan ikki yosh katta bo'lgan termalarga qarshi turnirda g'olib bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda o'zidan ikki yosh katta bo'lgan termalarga qarshi turnirda g'olib bo'ldi

Bugun Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoamiz Xitoydan Xitoy Taypeyiga uchib ketdi.

“O'yinlarga kelsak, o'zimizdan kattalarga qarshi to'p tepdik. O'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Birinchi bo'lib Malayziya bilan kuch sinashdik. Takidlab o'tishim kerak, namgarchilik haddan tashqari yuqori. SHu jihatdan qiynaldik. Bu bahsda katta futbolchilar tushgani yo'q, 2005 yilda tug'ilganlarga imkoniyat berdik va 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Ko'proq zaxiradan foydalanishga harakat qildik. 


Vetnamda kuchli va katta futbolchilar bor edi. SHu bois men ham aralash tarkibni tushirdim. Bu ham katta yordam berdi. Ular maydonda ham, tashqarida ham o'zlarini ko'rsatishdi. Bu omillar hisobiga ikkinchi uchrashuvni ham yaxshi o'tkazib oldik.  


Xitoy ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turdi, bu jamoaning murabbiylari ispaniyalik mutaxassislar. Natija uchun katta kuchni tashlashdi. Bizni esa durang qoniqtirardi. Ularning rejasi himoyada yaxshi o'ynash edi va yuu reja ish berdi. Yigitlar ancha moslashib olishgandi. Oldimizdagi saralash oldidan yuklama, jarohatlar bo'lib qolmasligi uchun kattalarning yordamidan foydalandik. Tanlagan futbolchilarimiz katta ko'mak berishdi. 


Endi saralash uchun Xitoy Taypeyiga yo'l olamiz. Yigitlarning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori, bir-birini qo'llab-quvvatlashlari yoqdi. Saralashda o'z maqsadimizga erisha olamiz. Bu yig'in orqali kimning qanday holatdaligini yana bir bor ko'rib oldik. 


Taypeydan xabar berishlaricha, saralash uchrashuvlari suniy maydonda bo'lar ekan. Boz ustiga issiqda o'tishi biroz xafa qilyapti. Lekin yigitlarga ishonaman. Ular jaydari futbolchilar. Har qanday maydonda to'p tepib katta bo'lishgan. Nasib qilsa, bu futbolchilar bilan katta natijalarga erishmoqchimiz. Borlarini berishyapti, mehnat qilishyapti. SHu tarzda ishlashda davom etishsa, ulardan katta yutuqlar kutsa bo'ladi. Endigi bor etiborimiz Kambodja bilan o'yinga qaratiladi", - dedi Xitoyda o'tgan musobaqa haqida Nishonov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика