O'zbekiston yaqin o'n yillikda Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin
03 may 2023 16:25
Yangiliklar
O'zbekiston yaqin o'n yillikda Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin
Markaziy Osiyo futbol associaciyasi prezidenti Rustami Emomali Dushanbedagi CAFA Kongressidagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari 2031 yoki 2034 yilgi Osiyo kubogining final bosqichini o'tkazish uchun qo'shma ariza topshirishini malum qildi.
“Markaziy Osiyo hech qachon Osiyo kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmagan. Menimcha, buning vaqti keldi. Mintaqamizda juda kuchli terma jamoalar ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final bosqichini yuqori saviyada o'tkazamiz. Biz 2031 yoki 2035 yilgi Osiyo kubogini Markaziy Osiyoda o'tkazish uchun qo'shma ariza topshirishga qaror qildik”, — dedi CAFA prezidenti Rustami Emomali.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa CAFA Kongressidagi nutqida tashkilot prezidenti Rustami Emomalining ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatladi.
Fikrlar