O'zbekiston va Urugvay terma jamoalari qaysi liboslarda maydonga tushishi malum
07 iyu 2018 10:36
Yangiliklar


O'zbekiston va Urugvay terma jamoalari qaysi liboslarda maydonga tushishi malum
Xabaringiz bor, ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi Montevideoda Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Bugun terma jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra ertaga O'zbekiston millliy terma jamoasi oq rangli libosda maydonga tushadigan bo'ldi. Urugvay terma jamoasi azolari esa o'zlarining ananaviy ko'k rangli liboslarida harakat qilishadi.
Urugvay – O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvi O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport TV" hamda Rossiyaning "Match TV" telekanallarida jonli efirda namoyish qilinadi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 5

Fikrlar