So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   0 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  6 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi Yangiliklar

O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Bugun poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari prezidentlari Abdusalom Azizov va SHayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani o'rtasida Hamkorlik shartnomasini imzolashga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ikki mamlakat futbol associaciyalari o'rtasida imzolangan memorandumda ko'zda tutilgan ko'p yillik hamkorlik aloqalari bugun yangi bosqichga chiqdi.

Bugun O'FA prezidenti Abdusalom Azizov va QFA prezidenti SHayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani amalda bo'lgan ushbu memorandumga qo'shimcha sifatida futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o'zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasi va futbol jarayonlari xavfsizligi bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga olgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Rahbarlar ushbu hamkorlik shartnomasi so'nggi davr mobaynida ko'plab hamkorliklarga zamin yaratganligi alohida takidladilar. SHuningdek, ular kelajakda ham O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari o'rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.

O'FA rahbari Abdusalom Azizov futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, terma jamoalarni tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligini etirof etib, bu borada Qatarning katta tajribasi muhim ekanligini takidlab o'tdi. 

“Men Qatar futbol associaciyasining so'nggi bir necha yil ichida samarali hamkorlikni davom ettirish bo'yicha amalga oshirgan ishlarini juda qadrlayman. Yaqin kelajakda QFA bilan hamkorlikda ushbu memorandum ikki mamlakat futbol associaciyalariga taqdim etadigan imkoniyatlardan unumli foydalanishimizni istayman. Biz murabbiylarning malakasini oshirish va yana ko'plab dolzarb masalalarda Qatar tomoni bilan yaqin hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz", - dedi Abdusalom Azizov.

SHuningdek, O'FA prezidenti Qatar mamlakatini 2022-yilgi Jahon chempionati arafasida ko'plab xalqaro futbol tadbirlarini o'tkazayotganini etirof etdi. Qatarning bu boradagi tajribasi kelajakdagi hamkorlik uchun juda yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkinligini takidladi.

O'z navbatida, SHayx Hamad QFA va O'FAni bir-biriga bog'lab turadigan azaliy munosabatlarni etirof etdi.

“Men bugun ushbu shartnomani imzolash va o'zaro mustahkam munosabatlarimizni kengaytirish uchun O'zbekistonga tashrif buyurganimdan baxtiyorman. So'nggi bir necha yil davomida amaldagi Memorandum jadal suratdagi hamkorlik aloqalariga turtki bo'ldi va har ikki futbol associaciyaga ham katta foyda keltirdi. Ammo, men O'zbekiston futbol associaciyasini yanada yaqinroq hamkorlik qilish hamda Qatar futboli va Qatar futbol associaciyasi yurtingiz futboliga amaliy foyda keltirishi tarafdoriman”, - dedi QFA prezidenti.

Kelishuvga kiritilgan yangi qo'shimchalar sifatida ikki futbol associaciyasi tomonidan kelishilgan o'yinlar va futboldagi korrupciya xavfini engish uchun amalga oshirilgan ishlarni yanada rivojlantirishga o'z xissasini qo'shishi takidlandi. So'nggi bir necha yil davomida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida etirof etildi.

SHayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani O'FA prezidentini O'zbekiston 2022-yilgi 23 yoshli futbolchilar o'rtasida o'tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik huquqini qo'lga kiritgani bilan tabrikladi va QFAning barcha masalada yordamga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

O'zbekiston va Qatar futbol associaciyalari rahbarlari davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida Osiyo futbol konfederaciyasiga azo associaciyalar futbolni rivojlantirish uchun ko'proq hamkorlik qilishlari zarurligini takidladilar. SHuningdek, suhbat davomida OFK musobaqalariga tegishli boshqa bir qator masalalar ham ko'rib chiqildi.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика