So’nggi yangiliklar

21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  2 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  0 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  0 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  37 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  1 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  8 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  8 17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  1

O'zbekiston va Iordaniyaning 11-to'qnashuvi Yangiliklar

O'zbekiston va Iordaniyaning 11-to'qnashuvi

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Hozirga qadar ushbu jamoalar 10 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar O'zbekistonning ustunligini ko'rsatmoqda. 4ta uchrashuvda vakillarimiz g'alaba qozonishgan. 5ta o'yinda esa tomonlar durang qayd etishgan. Iordaniya faqat bir marta zafar quchgan. O'zbekiston terma jamoasi azolari 16ta gol urishgan, 11 marta iordaniyaliklar to'p kiritishgan.

JCH-2002 saralashi guruh bosqichi doirasida bu jamoalar ilk bor to'qnash kelishgan. Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ammandagi bahsda ham durang kuzatilgan - 1:1.

2008 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan. Unda vakillarimiz yirik hisobda zafar quchishgan - 4:1. 2011 yilgi Osiyo Kubogidan oldin o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'sha bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

O'sha qita chempionati chorak finalida Iordaniyaga qarshi bahsda Ulug'bek Baqoevning ikkita goli tufayli O'zbekiston g'alaba qozongan - 2:1.

2012 yil avgust oyida Amman shahrida ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Birinchi o'yinda Temur Kapadzening goli jamoamizga g'alaba keltirgan. Ikkinchi bahsda mezbonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishishgan.

O'tgan yil JCH-2014 saralashi pley-off bosqichida Iordaniya bilan to'qnash kelgandik. Ammanda ham, Toshkentda ham bir xil 1:1 hisobi kuzatilgan. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilingan. O'shanda Iordaniyaning omadi kelganini hamon ishqibozlarimiz unutishmagan.

Sentyabr oyi boshida poytaxtimizda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Igor Sergeev va Dilshod Jo'raevning urgan gollari Iordaniyaning mag'lubiyatini taminlagandi - 2:0.



# Sana Mezbon Hisob Mehmon Uchrashuv
1 27.04.2001 O'zbekiston 2:2 Iordaniya JCH-2002 saralashi
2 07.05.2001 Iordaniya 1:1 O'zbekiston JCH-2002 saralashi
3 22.03.2008 O'zbekiston 4:1 Iordaniya O'rtoqlik uchrashuvi
4 02.01.2011 Iordaniya 2:2 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
5 21.01.2011 Iordaniya 1:2 O'zbekiston Osiyo kubogi 2011
6 13.08.2012 Iordaniya 0:1 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
7 15.08.2012 Iordaniya 2:0 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
8 06.09.2013 Iordaniya 1:1 O'zbekiston JCH-2014 saralashi
9 10.09.2013 O'zbekiston 1:1 (pen 8:9) Iordaniya JCH-2014 saralashi
10 4.09.2014 O'zbekiston 2:0 Iordaniya O'rtoqlik uchrashuvi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика