"O'zbekiston uchun tarix yaratadigan kun keldi". O'tgan mavsumni Bangladesh chempionatida o'tkazgan “Neftchi” sobiq futbolchisi bilan suhbat
07 noy 2019 12:11
Yangiliklar
"O'zbekiston uchun tarix yaratadigan kun keldi". O'tgan mavsumni Bangladesh chempionatida o'tkazgan “Neftchi” sobiq futbolchisi bilan suhbat
Albatta buni, moddiy sharoitlar hamda o'z o'yini kuchaytirgan holada milliy terma jamoadan chorlov xohishi bilan izohlash o'rinli bo'ladi.
Futboli taraqqiy etayotgan o'lkalardan biri hisoblangan Bangladesh respublikasida bir vaqtlari Azamat Abduraimov to'purarlik mahoratini namoyish etib, mahalliy chempionat rekordini o'rnatgan. Bugungi suhbatdoshimiz o'tgan mavsumni Bangladesh milliy chempionatida o'tkazgan “Neftchi” klubi tarbiyalanuvchisi Otabek Zokirov. Ayni damda tanaffus bois yurtimizda bo'lib turgan futbolchi bilan bir qator dolzarb mavzularda suhbatlashdik.
- Otabek, sizning muxlislaringizga futbol olamiga qanday qilib kirib kelganingiz qiziq. Keling, dastlab shu haqida malumot bersangiz...
- Futbolga yoshligimdan qiziqib, astoydil shug'ullanishni boshlaganman. Ilk murabbiyim Murod aka Abdurazzoqov. Katta futbolga qadam qo'ygunimga qadar o'z mehnatlarini ayamadilar. Hozirgacha turli vaziyatlarda maslahatlarini berib turadilar. Bu insonga katta raxmat aytaman.
- Bilamiz siz “Neftchi” klubi tarbiyalanuvchisi sanalasiz. O'z vaqtida bu jamoadan yulduz futbolchilar etishib chiqar edi. Islom To'xtaxo'jaev, Mansur Saidov...Mazkur klub safiga qo'shilshingiz qanday yuz berganini eslay olasizmi?
- “Neftchi”da to'p tepish usha paytda har bir futbolchining orzusi edi. Yuriy Sarkisyan paytda to'p tepish maroqli bo'lardi, uning qo'l ostida doim yuqori saviyadagi o'yinchilar yig'ilardi. Klubga meni ko'rikdan o'tish uchun yuborishgan, ohirgi kunlarda nazarga tushib, murabbiyning qaroriga binoan faoliyatimni shu erda davom ettirishimni aytishgan. Bilasiz, usha vaqtlarda raqobat o'ta kuchliligi bois yuqoriga intilish talab etilardi.
- Yuriy Sarkisyanning tartib-intizomga qattiq rioya qilishini eshitganmiz. Keyingi faoliyatingizda unga o'xshagan uslubdagi murabbiyga duch keldingizmi?
- To'g'ri aytib o'tdingiz. Uning boshqaruvidagi jamoada birinchi narsa tartib bo'lishini istardi va talab qilardi. Hech qachon ichki muhitda muammo bo'lmagan. Hamma kurashish va futbolni o'ylardi. O'ziga yarasha qattiq qo'l ham bo'lgan. Yuriy Vazgenovichga o'xshagan inson bitta. Bu-uning o'zi. U “Bunyodkor”ga o'tgandan keyin menga ishonch bildirib taklif qildi. 4 oycha mashg'ulotlarda qatnashdim. Bir tomondan yosh edim, ko'proq o'ynashni xohlardim. SHu bois aynan ustozimning o'zi meni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga o'tishimni tavsiya qildi.
- Mutaxassis asosan mahalliy futbolchilarga etibor qaratardi. Legionerlar bo'lmagan deyish noto'g'ri. Hozirgi kundagi ayrim jamoalarimizda xorijlik va o'zbekistonlik o'yinchilar o'rtasida balans yo'qligiga guvoh bo'lamiz. Xo'sh,”Neftchi”da bu borada vaziyat qanday bo'lgan?
- Uning davrida bilsangiz ko'proq vodiydan yosh iqtidorlar etishib chiqardi. O'rinbosarlar jamoasidan har yili kamida 4-5 futbolchi debyut qilardi. Ularni tajriba orttirishi uchun asosiy tarkibga ham kiritgan paytlari bo'lgan. SHuning uchun ularda katta futbolga qadam qo'yish jarayoni tez kechardi. Sarkisyan legionerlarga u darajada o'ch bo'lmganini tan olish lozim. Boisi, xorijlik futbolchilardan kuchli bo'lgan mahalliy to'p teparlar ko'p edi. Hammasi uchun u insondan minnatdorman. O'z tarixini yarata olgan murabbiylardan biri deb o'ylayman.
- Futbolda hamma narsa klubning moliyaviy holatiga bog'liqmi? CHunki, ilk jamoangizda moliyaviy muammolar paydo bo'la boshlagach natijalar o'z o'zidan pasayib bordi...
- Yo'q! Murabbiy almashishi haqidagi gap-so'zlar bolalagach futbolchilarning kayfiyati va ruhiyati tushdi. Ammo, puldan muammo bo'lmagan. Biz uchun u ikkinchi darajali narsa hisoblanardi.
- O'z vaqtida “Paxtakor”, ”Bunyodkor”, “Neftchi”, “Nasaf” ular qatorida “Mashal” chempionlik uchun teng kurash olib borardi. Biroq, keyinchali u klublarda moliyaviy tomondan barqarorsizlik kuzatildi. Ayni damda faqat “sherlar” yaqqol ajralib turibdi. Yaqin yillarda ular bilan birga yana qaysi jamoalar birinchilik uchun davogar bo'la oladi?
- Tan olish kerak hozir “Paxtakor” qolganlardan bir bosh ustun. Bu yil ularga hech kim qarshilik ko'rsata olmadi. Qolgan klublarni muaamosini bilmayman ochig'i. Balki, yuqorida aytganingizdek hamma gap puldamikin yoki.
- Otabek nima deb o'ylaysiz murabbiyning uslubi va taktikasi uning yoshiga bog'liqmi?
- Adashmasam siz Ektor Kuper to'g'risida yoshi o'tgan, qarashlari eskirgan qabilida tarqalgan gaplarni nazarda tutyapsiz. Ochig'ini aytsam qariya, yoshi katta degan fikrga qo'shilmayman. Argentinalikning taktikasi tushunarsizdek tuyuldi. Bunday uslub bilan uzoqqa bora olmasligimiz kundek ravshan edi. O'zbekiston uchun tarix yaratadigan kun kelib bo'ldi. Ko'z tegmasin yangi murabbiylar shtabi bilan o'yin shakllantirib, hujumkor futbol namoyish etishmoqda.
- Sizni Bangladesh chempionatiga yo'l olishingiz ayrim ishqibozlarda negativ fikrlarni paydo qildi. Yani chempionat saviyasi jihatdan O'zbekiston Superligasidan ancha pastda...
- Balkim ularga shunday shunday tuyulgandir. Borib o'ynagan inson biladi. Nasib qilgan ekan o'sha erga bordim. SHart-sharoitlar tomondan ozgina kamchiliklar bor.
- U erda Alisher Azizov, Otabek Valijonov, kabi hamyurtlarimiz faoliyat yuritmoqda. Demak, o'zingizni yolg'iz his qilmayapsiz...
- Ha. Ichki chempionatni kuchaytirish maqsadida legionerlarni jalb etishmoqda. Ulardan tashqari o'zbek futbolchilari ham bor. Otabek va Alisher akam bilan tez-tez ko'rishib turdik.
Otabek Zokirov
Tug'ilgan sana: 1992 yil 11 oktyabr
Tug'ilgan joyi: Farg'ona
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati: “Neftchi”, “Dinamo”, “Qo'qon 1912”, “Qizilqum”, AGMK, “Saif Sporting klub”
Xobbisi: suzish va stol tennisi.
Abdulaziz suhbatlashdi
Fikrlar