So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

O'zbekiston uchun! Yangiliklar

O'zbekiston uchun!

Barchangizni achchig'ingiz kelgani rost...

Saytni nima desangiz, deyavering! 

Aynan bizning saytda 2015 yil KXDRga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan keyin, ayb Qosimovda emas, tizimda, oliy ligada, ko'plab nuqtalarda futbolni yo'qligini aytilganida, 90% o'quvchi, undan ziyod bo'lmasa agar, saytni "Qosimovchi"ga chiqarib, sayt xodimlarini unga qarshi hech nima yozmaganlikda ayblagan edi. Etiborni bolalar futboliga qaratishimiz kerakligi aytilganida, O'FFning aksar xodimlari bizni mayna qilishgandi. Bugun Qosimovni istab qoldik. O'shanda bizda hamma narsa to'g'ri, ayb murabbiyda ekan deb hech kim keyingi yillarda bo'ladigan muammoni ko'rmadi. Xo'sh, ayb Qosimovda ekanmi? 

Qoraqalpog'iston, Surxondaryo, Xorazm, Guliston kabi axoli gavjum joylarda futbol bo'lmagan bir pallada, aybni Qosimovdan qidirgan edik. Uni ketishini istab sherlar yozildi, "prikollar" qilindi. Ana ketdi, Qosimov!

O'shanda ham aytganmiz, pastdan boshlaylik ishni deb, hozir ham aytamiz pastdan boshlaylik deb. O'shanda "haykaltarosh" O'FFni o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi natijalarini pesh qilib, to'g'ri yo'ldan ketayotganligini takidlagan edi, bugun esa sharoit yo'qligidan noliyapti. Agar ish yaxshi bo'lsa, "zo'r ishladik", ish o'xshamasa, "sharoit yo'q". Bo'lmagan gap! Pul bilan ish bitganida arablar allaqachon dunyoni zabt etgan bo'lardi. Pulga taqalganda Braziliyadan bironta futbolchi chiqmasdi. 

Saytdagi o'quvchilar diqqatiga. Uzoqdan turib olib "provkaciya" qilayotganlarga ishonmang. Ertaga muammo ularda emas sizda bo'ladi, ertaga ota-onangiz ortingizdan kuyib qoladi. Ularning maqsadi sizni, o'z vataningizga qarshi qayrash, undan o'zgasi emas. Uni sport orqali qilishadimi, sanat farqi yo'q ularga. Ularning maqsadi sizni chalg'itish. Bunday fisxu fasodga uchmang. Yutadimi, yutqizadimi tinchlik uchun hammamiz ahil bo'lishimiz kerak! 

Bizning futbolga mana shu ahillik etishmayapti. Ahil bo'lishga intilayotganlarning ko'ksidan itarishayapti. Lekin bu ham bardavom bo'lmaydi. Hamma narsaning ham chegarasi bo'ladi va bir kun kelib ijobiy tomonga o'zgarish bo'ladi. 

Suriyadan uchralgan mag'lubiyatda futbolchilarni ayblab, ularni kalaka qilayotganlar, Siz emasmidingiz ularni bir necha yil avval o'yinlaridan rohat olib, futbolga qiziqqan. Geynrixni o'sha selfisini olaylik, millionlab muxlislarni quvontirmaganmidi? Odilning Qatar darvozasiga urgan golichi? Jeparovning saltolari... Boshqa bunday futbolchi chiqmayotganiga, hamon ular terma jamoaning yukini tortishga majbur bo'layotganliklari uchun nega ularni ayblashimiz kerak? Ularga JCH kerakmasmi?

Mirabror Usmonovni haqorat qilishdan avval o'ylang, aynan u kishini sportga qo'shgan xissasi tufayli ota-onalaringiz Rio Olimpiadasida duoda bo'ldi. Ertaga Qatarda, biznikilarga futbolchilarning g'ayrati va xalqning duosi kerak bo'ldi. Hozir kerak bo'lgan ikki narsa shu. Necha-necha kishi jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini, sportchilik faoliyatini tugatib yubordi. Mana yaqin kunlarda, O'zbekistonda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda, o'sha Germaniyada qilinadigan opreaciyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan katta kasalxonaning qurilishi boshlanadi. SHu ishlarni tepasida turgan kishilarni, bilib - bilmay ayblash noto'g'ri. Aksincha shu ishlarni ko'rsatib bera olmayotgan, ular ajratayotgan mablag'larni taqsimlay olmay, OAV va muxlislarni ustidan kulayotganlarga chiqish eshiklarini ko'rsatib, qaytib futbolga yaqinlashtirish kerak emas!

Siz o'ylamang, futbolchilar barchasini qo'l siltadi, ular pulga to'ygan deb. SHunday narsalar bo'ladi-ki, pul ikkinchi darajaga tushadi. Men bilgan Ahmedov ham, Haydarov va Geynrixga ham pulning zarracha qizig'i yo'q. Aksincha, oliy ligadan ularga raqobatchini chiqmayotgani sabab, raqobatsiz ligada futbolchilarni millionlab topishayotganligi bo'layapti. Kuni kecha Kamoliddin Murzoev MTJga harakat qilib qo'rishini aytdi, gaplashdik, kech emasmi deb so'radim... Ochiq muloqot ketdi, "do'stim, yoshlar-yoshlar deymiz-ku, yoshlar to'yib bo'ldi pulga, shunga ham MTJda raqobat yo'q", - deydi u. MTJga olinmasamda o'z ustimda ishlab chetga so'nggi urinishimni amalga oshirib ko'raman dedi. 

Oliy ligaga razm tashlang... Qani o'sha istedodlar, hozirdanoq ularning tagida "Kaptiva", rizqini bersin. Yaxshilikka ishlatsin. Lekin shu Geynrix o'zining birinchi mashinasini Rossiyaga borgach olgan, Ahmedovning birinchi "Neksiya"si "Paxtakor"ning xizmat mashinasi bo'lgan, Server Jeparov O'zbekiston chempioni bo'lganidan keyin "Tiko" haydagan. Aziz Haydarov esa "Bunyodkor"ga o'tguniga qadar jamoat transportidan foydalangan. Aynan ular qilgan mehnatni hozirgi yoshlar qila olmayapti. Ana shuning uchun oliy ligani saviyasi tushib ketdi, ana shuning uchun MTJda siz-u, biz aytayotgan qariyalar ko'payib ketdi. Hech bo'lmasa 2 yil avvalgi maqolamni ustidan kulmasdan, kel bunda ham bir jon bordir deyilganida esa hozir biz Suriyaga yutqazmagan bo'lardik.

Meni bugungi maqolam murabbiyga qaratilmaydi. Men Qosimov ishlayotganda o'z fikrimni aytganman, mahalliy murabbiy bilan muvaffaqiyatga erishasiz, qachonki futbol tizimi Koreya yoki Yaponiyadagidek bo'lsa, unday bo'lmasa xorijlik murabbiy kerak, bo'ldi!

Men tanqiddan qo'rqmayman, saytimni ham yopishlaridan cho'chimayman. Bizni bolalar futbolida tutayotgan o'rnimiz O'zbekistonda ortib borayapti. Biz chinakkam futbolga endi kirib keldik, bundan 10 yil avval qilingan xatolarga biz javob bermaymiz, buni to'g'ri tushuning. Bizning davr endi kelayapti. O'FF tomondan ham bizning loyihalarimiz tomon sado chiqa boshladi. SHuni o'zi quvonarli. Faqat birlashish qoldi xolos. Hamma o'zicha "aqilli" bo'lib ishlasa, erta indin Nepal yoki Bangladesh bilan ham cho'chib o'ynaydigan bo'lib qolamiz. 

Sizlardan iltimos qilardik-ki, terma jamoani, ha aynan Vatanimiz jamoasini yolg'izlatib qo'ymang. Ammo kassalarda "olib sotarlar"dan chiptani aslo ola ko'rmang, ular ham tizimni kemirayotgan "qurt"lardan biri hisoblanadilar. CHipta qolmaydi deb o'ylamang, chipta serob. Faqat nima bo'lganda ham futbolchilarimizni yolg'izlatib qo'ymang, bugungi futbol saviyasida ularni ayblash qiyin. SHundoq ham bu darajaga ular engil-elpi mehnat bilan chiqmaganlar. Buni oilasida sportchi bor kishi biladi. Ilk daqiqalardanoq O'zbekiston deb hayqiring-ki, stadion larzaga kelsin, ilk daqiqadanoq futbolchilarimiz shijoat ko'rsatsilar. Agar ertaga ham mag'lubiyat bo'lsa, unga sababchilar barchamizni tinch qo'ysinlar, bo'ldi.

JCHga chiqish uchun bizning guruhda birinchi yoki ikkinchi o'rinni egallashimiz kerak. Bugungi holatda, bugungi futbolimiz saviyasi bilan tan olishimiz kerak, biz bunga mos emasmiz. Hozircha, boriga ko'nikishimiz kerak. Bundan 7-8 yil avval chiqarilmagan xulosalarni, chiqarish payti keldi. O'FF, Markaz va PFLdagilar bizning takliflarimizga dushman emas, do'stlik ko'zi bilan qarasa o'zgarish bo'ladi va biz keyingi ciklga sal bo'lsa ham tayyor bo'lamiz. Uchinchi o'rin bilan JCHga borib bo'lmasligini barchangiz bilasiz, juda qiyin ish.

Maqolaga hamma "klass" bossin demaymiz, shunchaki o'zbekligimizni namoyish etib, qiyin pallada ham o'zbek o'g'lonlarini qo'llab - quvvatlashimizni ko'rsataylik, bu ham bir sinov!

Rahmat!

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +210   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика