O'zbekiston U23 terma jamoasi "Dubai Cup" turnirida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2022
Ayni damda O'FA rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Matbuot anjumanida O'zbekiston U23 terma jamoasi 21-29 mart kunlari BAAda yig'in o'tkazishi va yig'in doirasida "Dubai Cup" musobaqasida ishtirok etishi haqida ma'lumot berildi. Terma jamoamiz turnirda 23 mart kuni Saudiya Arabistoni, 26 martda esa BAA jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishi ma'lum qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia