So’nggi yangiliklar

21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  0 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  90 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  2 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  13 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  20 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0

O'zbekiston U16 o'smir qizlari Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini yakunladi Yangiliklar

O'zbekiston U16 o'smir qizlari Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini yakunladi

2017 yilda Xitoyda o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etgan O'zbekiston o'smir qizlar terma jamoasi o'z guruhida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

16 yoshgacha bo'lgan qizlardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi saralash bahslarini “D” guruhida olib bordi.

Ushbu saralash guruhi o'yinlariga Vetnam mezbonlik qildi. Saralash turnirining ilk uchrashuvida aynan mezbon terma jamoaga qarshi o'yin o'tkazgan o'zbekistonlik qizlar 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ikkinchi uchrashuvda Falastin bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan O'zbekiston saralash turnirining uchinchi o'yinida Gonkongni 2:0, to'rtinchi o'yinda Iroqni 4:0 hisoblarida mag'lub etdi.

Uchinchi sentyabr kuni bo'lib o'tgan so'nggi tur uchrashuvida O'zbekistonning raqibi ushbu saralash guruhining yaqqol favoriti – Avstraliya o'smir qizlar terma jamoasi bo'ldi. Barcha raqiblarini faqat yirik hisoblar bilan mag'lub etib kelayotgan avstraliyaliklar, O'zbekiston darvozasiga ham 9 bora yo'l topishdi. Bu gollarga O'zbekiston faqat bir bora, Marjona To'raevaning goli bilan javob bera oldi– 1:9.

Takidlash kerakki, dastlabki turda Falastinni 28:0 hisobida mag'lub etgan Avstraliya, yakunda 5 o'yinda 65 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, faqatgina O'zbekiston bilan uchrashuvda bir gol o'tkazib yubordi.

SHu tariqa ular guruhda birinchi o'rinni egallab, Xitoydagi final bosqichiga yo'l oldi. O'zbekiston esa guruhda 3-o'rinni qo'lga kiritib, ishtirokini shu bosqichda yakunladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика