So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  0 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  26 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

O'zbekiston U-23 yulduzlari yoshlikda qanday bo'lishgan? FOTO Yangiliklar

O'zbekiston U-23 yulduzlari yoshlikda qanday bo'lishgan? FOTO

Teglar :  O'zbekiston U-23
U-23 Osiyo chempionati finalidan oldin terma jamoamizning etakchi futbolchilar haqida qisqacha malumot berib o'tishga qaror qildik.

Zabihullo O'rinboev. 1995 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Faoliyatini "Bunyodkor" klubida boshlagan. 2017 yildan beri "Paxtakor" klubi azosi.

Zabihullo terma jamoamiz sardori sifatida har bir o'yinda jamoadoshlarini oldinga boshlashga, o'yin davomida ularning ruhiyatini ko'tarishga harakat qilmoqda. Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda dastlabki golni kiritib, musobaqadagi gollari sonini ochishga muvaffaq bo'ldi. Bugungi final o'yinida ham Zabihullodan gol kutib qolamiz.


Dostonbek Hamdamov. 1996 yil 24 iyul kuni Toshkent viloyatida tug'ilgan. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti talabasi. 2014 yildan beri "Bunyodkor" futbol klubida to'p surib keladi. 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etilgan.

Dostonbek Hamdamov terma jamoamiz tarkibida maydon markazini mustahkamlashda juda katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. Raqibga pressing uyushtirishda ham juda faol. Yaponiyaga qarshi kechgan chorak finalda aynan pressing evaziga himoyachini xato qilishga majbur etib, terma jamoamizning ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo'lgandi.


Javohir Sidiqov. 1996 yil 8 dekabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti talabasi.   Faoliyatini “Paxtakor” klubida boshlagan. 2016 yildan beri “Qo'qon-1912” futbol klubi azosi.

Javohir Sidiqov ushbu musobaqada terma jamoamizning haqiqiy “javohir” futbolchisi bo'lmoqda. Uning ajoyib paslari raqib himoyachilarini dog'da qoldirib, terma jamoamiz futbolchilarini darvozabonlar bilan birga-bir vaziyatga olib chiqib qo'ymoqda. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim finalda aynan Sidiqovning pasidan keyin Zabihullo O'rinboev hisobni ochishga muvaffaq bo'lgandi.


Jasur Yaxshiboev. 1996 yil 24 iyun kuni Toshkent viloyatida tug'ilgan.  O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti talabasi.  2015 yildan beri “Paxtakor” futbol klubi azosi.

Jasur Yaxshiboev Xitoyda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Ushbu futbolchining o'ng qanotdagi hujumkor harakatlari, driblinglari ko'plab muxlis va mutaxassislarning etirofiga sazovor bo'lmoqda. Eng muhimi Jaur Yaxshiboev juda muhim gollari bilan terma jamoamizning g'alabasiga o'z hissasini qo'shib kelyapti. U chorak finalda Yaponiya darvozasini ikki marta ishg'ol qilib, dublga erishdi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya darvozasiga terma jamoamizning uchinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bugun Jasurdan ham gol kutib qolamiz.


Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionati finalidan o'rin olgan Vetnam – O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Final o'yinini "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика