So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

O'zbekiston U-23 terma jamoasi azosi jarohat sabab operaciya stoliga yotadi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi azosi jarohat sabab operaciya stoliga yotadi

Ayni paytda O'zbekistonda U-23 Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda.

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun chorak finalda Iroqqa qarshi maydonga tushadi.

U-23 Osiyo Kubogi. Bugun O'zbekiston iroqliklarga qarshi bahs olib boradi va chorak finaldan o'rin olgan yana biri o'yin o'tkaziladi

Afsuski, "Metallurg" klubi va ushbu terma jamoa yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov uchun musobaqa tugadi. Gap shundaki, Eronga qarshi bahsdan oldingi mashg'ulotda Ibragimov o'ng oyoq tizza qismidan jarohat oldi. Biz vaziyat bilan to'liq tanishish uchun terma jamoa shifokori Alisher Abdurahmonovga murojaat qildik.

"Mashg'ulotda Ibrohim Ibragimov jarohat oldi. SHundan keyin Toshkent shahridagi klinikalardan birida tekshiruvdan o'tkazilgach, futbolchining o'ng oyoq old qismi laterial menisk yirtilgani (uzilgan) aniqlandi. Ushbu jarohatni faqat jarrohlik yo'li bilan davolash mumkin. SHu sababli Ibrohim Ibragimov dushanba kuni operaciya stoliga yotadi. Jarrohlik amaliyoti Toshkent shahridagi Travmatologiya va ortopediya instituti sport jarohati bo'limida o'tkaziladi. Bunday jarohatdan keyin futbolchilar odatda ikki hafta tiklanish jarayonini boshdan kechirishadi va keyin engil mashg'ulotlarni boshlashadi. Ibragimov operaciyadan keyin taxminan bir oyda to'liq tuzalib maydonga qaytishi mumkin.

Ibrohim Ibragimov va terma jamoadagi barcha futbolchilar sog'ligi O'FA tibbiy qo'mita azolari nazoratida", - dedi biz bilan suhbatda O'zbekiston U-23 terma jamoasi shifokori Alisher Abdurahmonov.


Ibrohim Ibragimovga salomatlik va tezroq safga qaytishini tilab qolamiz!

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика