O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi Eronga qarshi 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
14 fev 2015 00:06
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi Eronga qarshi 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
Olimpada o'yinlari saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi 6-12 fevral kunlari Eronda navbatdagi yig'inini o'tkazdi.
Vyacheslav Soloxo bosh murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur yig'in davomida mezbon - Eron U-23 terma jamoasiga qarshi 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Dastlab, 8 fevral kuni o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv esa 10 fevral kuni o'tkazildi va bu uchrashuv ham Vyacheslav Soloxo jamoasining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi - 5:1. Terma jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'rtoqlik o'yini esa 12 fevral kuni bo'lib o'tdi va unda hisob ochilmadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi 11-15 mart kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tadigan 2016 yilgi Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etadi. Mazkur saralash bahslarida O'zbekiston Iordaniya, Gongkong hamda Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar