O'zbekiston U-22 termasi Xitoy yoshlariga imkoniyatni boy berdi
13 iyu 2017 19:58
Yangiliklar
O'zbekiston U-22 termasi Xitoy yoshlariga imkoniyatni boy berdi
O'zbekiston U-22 terma jamoasi 10–15 iyun kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazish uchun Xitoyga yo'l oldi.
Yig'in doirasida o'zbekistonlik futbolchilar bugun, 13 iyun kuni Xitoy U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda o'tkazadi.
P.S. O'zbekiston safida ikkala golga Zabihillo O'rinboev mualliflik qilgan.
Fikrlar