O'zbekiston U-22 termasi Xitoy yoshlariga imkoniyatni boy berdi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2017, 19:58
O'zbekiston U-22 terma jamoasi 10–15 iyun kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazish uchun Xitoyga yo'l oldi.

Yig'in doirasida o'zbekistonlik futbolchilar bugun, 13 iyun kuni Xitoy U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.  Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda o'tkazadi.


P.S. O'zbekiston safida ikkala golga Zabihillo O'rinboev mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com