O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari BAAda yig'in o'tkazadi
04 noy 2014 14:17
Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari BAAda yig'in o'tkazadi
SHuhrat Maqsudov qo'l ostidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazadi.
Avvalroq, O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazishi, shuningdek, u erdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.
Biroq, musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilar ro'yxatini qatiy tasdiqlay olmaganliklari, musobaqada ishtirok etishi mumkin bo'lgan jamoalarning saviyasi murabbiylar shtabini qoniqtirmagani sababli, O'FF Terma jamoalar markazi BAAdan tushgan taklifni qabul qildi.
Yangi reja bo'yicha, SHuhrat Maqsudov qo'l ostidagi terma jamoa 12-19 noyabr kunlari BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etadi va yig'in davomida BAA, Bahrayn va Albaniya U-22 terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Rejaga ko'ra, Maqsudov shogirdlari dastlab 14 noyabr kuni Albaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 16 noyabr kuni Bahrayn, 18 noyabr kuni esa BAA yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
O'zbekiston U-22 terma jamoasining BAAdagi yig'inida ishtirok etadigan tarkibi haqida keyinroq malumot beriladi.

Fikrlar