O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'z faoliyatini tugatdi
09 sen 2021 22:50
Yangiliklar
O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'z faoliyatini tugatdi
Ushbu jamoaning kelasi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etishi kutilgandi.
Biroq kelasi yil O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatida Timur Kapadze boshqaruvidagi U-19 terma jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.
Natijada U-22 terma jamoasini ushlab turishdan mano qolmadi va bu jamoa faoliyati tugatildi. Malumot uchun, U-22 terma jamoasiga 1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar chaqirilib kelinayotgandi va jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov edi.
Endilikda Ravshan Haydarov O'zbekiston milliy terma jamoasida Srechko Katanecga yordam beradi. U-22 terma jamoasi esa boshqa yig'ilmaydi.
Esingizda bo'lsa, O'zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning mart oyida Antaliyada tashkil etilgan Antalya Cup 2021 xalqaro musobaqasida qatnashib, Slovakiya, Ukraina va Qozog'istonga qarshi bahs olib borgandi.
O’xshash yangiliklar
22:55
O'zbekiston U-16 terma jamoasi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham Saudiya Arabistonidan ustun keldi 3
Fikrlar